Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:54

"Ahmadboy" mavzusi o‘zbek zamonaviy adabiyotiga ko‘chdi


"Ahmadboy" ijtimoiy tarmoqlarda eng ommabop mavzuga aylangan
"Ahmadboy" ijtimoiy tarmoqlarda eng ommabop mavzuga aylangan

Toshkent viloyati Chinoz tumanida "Moliyaviy piramida" qurgani ortidan firibgarlikda ayblanib, hibsda qolayotgan Ahmadjon Tursunboev mavzusi kitoblari O‘zbekistonda eng ko‘p chop qilingan shoir Ahad Qayum uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Ahad Qayumning "Ahmadboy" she’rida "xalqni aldab pulini qoqib olgan" tadbirkorning salbiy ishlari qoralanadi.

Bundan oldin O‘zbekistonlik yana bir shoir Suhayliy esa (Qorajon QODIROV) Ahmadboyga atab qasida bitgandi.

O‘zbek adabiyotining ulug‘ vakillari¸ Hamza Hakimzoda¸ G‘afur G‘ulom¸ Oybek ijodida boylar salbiy element sifatida qoralanadi.

O‘zbek sovet adabiyotidagi bu an’anani yosh o‘zbek shoiri Ahad Qayum davom ettirib¸ “tilla yaxtaga puli yetadigan” Ahmadboyga qarata malomat satrlarini bitdi va shaxsiy Instagram sahifasi orqali folloverlari orasida tarqatdi.

Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar,

Qaytaraman debsiz ikki barobar.

Jabr qilib elu-yurtga dardisar,

Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Bechoralar ishlatmayin kallani,

Kalla desa opkelibdi sallani.

Siz ham poylab ayni kerak pallani,

Fil ham axir sizcha emas, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

“She’r” O‘zbekiston telekanallaridagi Ahmadboy “fosh qilingan” ko‘rsatuvga poetik ilova tarzida davom etadi.

Birov haqi yuqmas emish birovga,

Joningizni qo‘yibsizda garovga.

Bekor qibsiz suvlar sepib olovga,

Ketdi pullar Kamaz-kamaz, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Almashibsiz paxtalarni taxtaga,

Ayrim kunlar taxtalarni paxtaga.

Pulim yetar debsiz tilla yaxtaga,

O‘zingizni bosing bir pas, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Chinozlik kreditorlar Ahmadboy qamalishidan ko‘p o‘tmay
Chinozlik kreditorlar Ahmadboy qamalishidan ko‘p o‘tmay

Bu nasihatomuz gaplar so‘ngida Ahad Qayum erta bir kun chiqib kelish ehtimoli bo‘lgan boydan uzr ham so‘rab qo‘yadi...

Kim biladi tarix charxpalagi qaysi tarafga aylanishini:

Xafa bo‘lmang shoir Ahmad Qayumdan,

She’r yozing deb talab qilishdi undan.

Ranjimang siz endi aslo hech kimdan,

Bu so‘zlarim sizga bir dars, Ahmadboy.

Bu so‘zlarim sizga bir qarz, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar,

Qaytaraman debsiz ikki barobar.

Jabr qilib elu-yurtga dardisar,

Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Munaqqidlar nazarida siyosiy hushyorlik va iqtidor buyurtmasini seza olish qobiliyatiga ega bo‘lgan shoir Ahad Qayum ushbu she’rni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali e’lon qilar ekan, bu misralarni bitishiga muxlislardan kelgan takliflar sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Qasidaga nishon bo‘lgan Ahmadboy

Ahmadboy hibsga olinishidan 5 oy oldin O‘zbekistonlik shoir Suhayliy (Qorajon QODIROV) Ahmadboyga atab qasida bitib internetda e’lon qilgan edi.

AHMADBOY

(Qasida)

Keng jahonga dong‘i ketgan Ahmadboy,

Olam ahli tasanno, der,…rahmat,… boy!

Aziz inson ekansiz..ki, muqaddas,

Sizga chunon yor bo‘libdi omad, boy!

Shunday yuksak martabaga etibsiz,

Oqib kelar keng mo‘l..ko‘l daromad, boy!

Siz olamda eng mashhur bir odamsiz,

Yo‘llarigiz bepoyonki, shaxmat , boy!

Bunday obro‘, e’tiborga etguncha,

Tortgansiz ko‘p mashaqqat va zahmat, boy!

Olloh O‘zi har bandasin yaratib,

So‘ng berarkan ko‘p mehr.. muruvvat, boy!

Parvardigor Egamning bu tuhfasi ,

Berdi sizga qancha kuch…u, quvvat, boy!

Qalbingizda orzu, niyat jo‘sh urib,

Aylagandir balki shunga da’vat, boy!

Bu olamda har bandai mo‘min ham,

Ul Muhammad Mustafoga ummat, boy!

Qasida shu yo‘sin davom etib¸ Ahmadboyning asosiy akahoni O‘zbekiston prezidenti ekani haqidagi ishoratga o‘tiladi.

Prezident Otamiz O‘zi Rahnamo,

Har bir aytgan gapi qonun..quvvat, boy!

Siz ham ona xalqimizning farzandi,

Ko‘rsatgaysiz ko‘p mehr…muruvvat, boy!

Yetim..o‘g‘il, tul xotinlarga chandon…

Qilgaysiz doim xayr..u, sahovat, boy!

Olloh O‘zi lutf..u, karam aylasa,

Bu siz uchun albat, qisqa muddat, boy!

Chunki umr o‘tkinchidur aslida ,

O‘tajakdir juda keskin, shiddat, boy!

Savob ishlar qilib qoling olamda,

Yashash o‘zi berilgan bir muhlat, boy!

Yor…u, do‘stlar, og‘aynilar juda ko‘p,

Barchasi ham Sizga sodiq ulfat, boy!

Ahmadboy hibsga olinishidan besh oy oldin yozilib, e’lon qilingan bu balandparvoz jumlalardan keyin shoir Suhayliy qalb ko‘zi bilan “Boy duch kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar” borasida bashorat qiladi.

Parvardigor saqlasin har balodan,

Boshingizga tushmasin hech kulfat, boy!

Do‘st..u, dushman kimligini bilmaysiz,

U l a r goho qilib qolar g‘iybat, boy!

“Boylarga boy, soylarga soy oqar”,..der,

Har xil gap..so‘z bo‘lgusidir albat, boy!

Shoir o‘z qasidasida ehtimoliy xatarlarni bartaraf qilish borasida boyga tavsiya beradi:

Buning chun zarurdir katta jur’at, boy!

Qancha to‘siqlar..u, g‘ovlarni engib,

G‘olib bo‘lmoqlik ham shon..u…shuhrat boy!

Ammo ba’zan dilni ranjitib qo‘yar,

Behuda bo‘hton..u, va yo tuhmat, boy!

Har qanday raqib..u, yovlarni engish…

Uchun ham zarurdir zo‘r jasorat, boy!

Jasoratning o‘zi kifoya qilmas,

Kerakdir taktika va mahorat, boy !

Agar kurashlardan engib chiqsangiz,

Albatta, bo‘lgaysiz zo‘r vallomat, boy!

Biroq, kurashlarda mag‘lublik esa,

Dilga solar tashvish hamda dahshat, boy!

Shoir Suhayliy o‘z bashoratida davom etib “Yengilgan boy” qanday xor-zor bo‘lishini o‘z qasidasida bayon qiladi:

Mag‘lublik aslida e n g tubanlikdir,

Tubanlikdan kelar ko‘p nadomat, boy!

Olamda nodonlar, qo‘rqoqlar ham ko‘p,

Ular ko‘z o‘ngida zo‘r qabohat, boy!

Qo‘rquv bilan esa ya sh a m o q qiyin,

U dilga soladi ko‘p jarohat, boy!

Garchi sen shoh bo‘lmay o‘tib ketsang ham,

Shohona yashashlik zo‘r sabohat, boy!

Shoir Suxayliy o‘z qasidasini yakunlar ekan "Saxovatli" qalam haqi tarzida himmat kutayotganligini yashirmaydi.

Bizni qo‘llab..quvvatlar Hukumat, boy!

Xususiy mulk muhofaza etilgan,

Hech qachon hech kimga yo‘q husumat, boy!

Mustahkam sog‘lig..u, tilaymiz omad,

Bo‘lingiz doimo sog‘..salomat, boy!

Ko‘z tegmasin, Olloh O‘zi saqlasin,

Sizga hech yuqmagay aslo illat, boy!

Saxiylik, Xotamlik sevgan ishingiz,

Suhayliyga qiling biror himmat, boy!

"Ahmad-shaxmat, otangga rahmat"

Bu vaqtga kelib "Ahmad-shaxmat" qo‘shig‘i xitga aylandi

Sergeli bozoridagi do‘mboq bolakayning "Ahmad –shaxmat" qo‘shig‘i tarmoq orqali turli versiyalarda tarqaldi.

Ahmad otangga rahmat naqorati esa rep tarzida kuylandi.

Ayni paytda Ahmadboydan chuv tushganlar uchun voqea, komediya janridan ko‘ra, dramani eslatmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan toshkentliklardan ikkitasi¸ o‘zi bilgan odamlardan kamida ikkitasining Ahmadboy qamalganini eshitib¸ aqldan ozib qolganini bildirdi.

Ayni paytda "Toshkent" telekanali ham chinozlik Ahmad Tursunboevga bor-budini berib¸ chuv tushganlar dramasi haqida yangi ko‘rsatuv hozirlamoqda.

Teleko‘rsatuv qahramonlari – chuv tushganlar

Tomoshaga marhamat.

XS
SM
MD
LG