Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:44

I. Karimov: Internet asrida axborot uchun “temir devor” qurib bo‘lmaydi


An’anamizga xilof ravishda bugun sarlavhaga OzodNazar mehmonidan emas, balki O‘zbekiston prezidentidan iqtibos chiqardik. Eshittirish mehmoni, keksa jurnalist, taniqli publitsist Sharof Ubaydullaev Islom Karimov bilan g‘oyibona bahsga kirishar ekan, o‘zidan mana bu gapni qo‘shdi: “O‘zbekistonda jurnalistika yo‘q. Xalq dardini aytadigan jurnalistika”.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha jurnalistlar, teleradio, nashriyot va matbaa sohasi vakillariga prezident nomidan yo‘llangan tabriknomada sarlavhaga chiqarilgan fikr to‘la holda mana bunday ifodalangan:

“Bugungi globallashuv zamonida, internet asrida axborot uchun hech qanday chegara yo‘qligi, bu sohada qandaydir “temir devor” qurib bo‘lmasligini kimgadir tushuntirib, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman”.

Siz tinglovchini shu dono gap va Sharof Ubaydullaevning suhbati bilan yolg‘iz qoldiramiz:

Шароф Убайдуллаевнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:11 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG