Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:19

Neft-gaz kolleji direktori ishdan nohaq bo‘shatilganidan arz qildi


Surxondaryo viloyatidaggi Qumqurg‘on neft va gaz sanoati direktorligidan nohaq bo‘shatilganini da’vo qilgan Anvar Murodov Ozodlikka arz qildi. Uning iddaosicha, ikki yil muqaddam paxta terimi mavsumida qo‘shimcha reja topshirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat rejasini bajarmagani uchun ishdan olingan va so‘nggi ikki yil ichida uning shikoyatlari bee’tibor qoldirilmoqda.

Afg‘on urushi faxriysi va bir necha davlat unvonlari sohibi ekanini aytgan 63 yashar Murodovga ko‘ra, uning arzi viloyat va tuman rahbariyati tomonidan qonunga zid ravishda qondirilmayotir:

- Mendan qo‘shimcha 10 tonna paxta topshirasan, deb talab qilishdi, men yo‘q, dedim. Shu bilan prokuror bilan gapimiz qochdi. Natijada, 4 marta kollejimizga tekshiruv yuborishdi. Asoslanmagan tarzda "rastrata", "kollej mulkini talon-taroj qilish" degan ayblovlarni qo‘yib tashlashdi. Shundan beri bu mamlakatda uchramagan tashkilotim qolmadi. Oliy sud, Ombudsmengacha chiqdim, yuqori tashkilotlar aybsizligimni tasdiqladi, ammo tuman rahbarlari inobatga olmayapti. Kim o‘zi bular, yuqori tashkilotlarning qarorini tan olmaydigan?! - deb da’vo qildi Anvar Murodov.

Quyida Murodov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Нефть-газ коллежи директори ишдан ноҳақ бўшатилганидан арз қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00
Бевосита линк

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG