Линклар

logo-print

Otaturk aeroportida kamida ikki portlash yuz berdi


Tez yordam mashinalari va taksichilar jarohatlanganlarni shifoxonalarga olib ketishga oshiqmoqda

Tez yordam mashinalari va taksichilar jarohatlanganlarni shifoxonalarga olib ketishga oshiqmoqda

Istanbulning Otaturk aeroportini kamida ikkita portlash va otishmalar ovozi larzaga keltirdi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, kamida 10 odam halok bo‘lgan va yana kamida 40 odam jarohat olgan.

Turkiyaning Haberturk gazetasi veb sahifasida xabar qilinishicha, Otaturk aeroportidagi portlashlarda kamida 40 odam yaralangan.

Qurolli shaxslarning aeroport avtoparkidan turib o‘t ochayotgani xabar qilinadi.

Reuters axborot agentligining turk rasmiylariga iqtibosan ma’lum qilishicha, ikki xudkush bombachi o‘zlarini portlatib yuborgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, politsiya aeroportga kirishga uringan ikki shubhali shaxsni zararsizlantirish uchun o‘t ochgan.

Dekabr oyida Istanbulning boshqa bir aeroporti - Sabiha Go‘kchenda yuz bergan portlashda aerort farroshi halok bo‘lgandi.

Oxirgi paytlarda Turkiyada yuz bergan portlashlarga “Islomiy davlat” guruhi va kurd bo‘lginchilarga aloqadorligi aytiladi.

AQSh Davlat departamenti dushanba kuni Amerika fuqarolarini jamoat joylarida, ayniqsa sayyohlar gavjum hududlarda hushyor bo‘lishga chaqirgan.

Ozodlik Otaturk aeroportidagi hodisalarni muntazam yangilab boradi.

XS
SM
MD
LG