Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

Rossiyaliklar Turkiya kurortlariga qaytadigan bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on bilan rossiyalik turistlarning Turkiyaga borishiga nisbatan joriy etilgan cheklovni bekor qilish to‘g‘risida kelishib oldi.

Bu haqda xabar qilgan Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, kelishuvga ikki mamlakat rahbarining o‘zaro telefon muloqoti davomida erishilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali so‘zlashuvlar o‘tkazdi.

Qariyb 45 daqiqa davom etgan so‘zlashuvlar Moskvaning tashabbusi bilan o‘tkazildi. Turkiya prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, Reuters agentligining xabar qilishicha, so‘zlashuvlar "juda samarali va ijobiy ruhda o‘tgan".

Aytilishicha, ikki rahbar o‘zaro uchrashuv to‘g‘risida kelishib olgan. Tomonlar, shuningdek, ikkitomonlama munosabatlarni qayta tiklash va terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga ahd qilgan.

Erdo‘g‘on bilan Putinning bugungi muloqoti o‘tgan yilning noyabrida Rossiyaga qarashli harbiy uchoq Turkiya harbiylari tomonidan urib tushirilganidan keyin ilk bor amalga oshirilgan muloqotdir.

XS
SM
MD
LG