Линклар

BahsOnlinening bu galgi eshittirishida Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qanday oqibatlarga olib kelishi munozara qilinadi. Agar Siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, 30 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Britaniyada o‘tgan payshanba kuni o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 52 foizi Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz berdi.

1982 yildan buyon eng ko‘p saylovchi qatnashgan referendumda London, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada ko‘pchilik YeI tarkibida qolishni yoqlab chiqqan bo‘lsa, Angliyaning boshqa hududlari va Uelsda ko‘pchilik YeIdan chiqish uchun ovoz berdi.

Referendum natijalaridan so‘ng, siyosatshunoslar Britaniyaning YeIdan chiqishining salbiy va ijobiy oqibatlari haqida tortishmoqdalar.

Jumladan, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov referendum natijalari o‘laroq, endi Qirollik tarkibida bo‘lgan Shotlandiya va Irlandiya kabi mamlakatlarda separatizm kuchayishini, bu mamlakatlar aholisi ham referendum o‘tkazib, mustaqil davlat bo‘lish talabini qo‘yishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

O‘zbekistonlik tadqiqotchi Ikrom Yoqubov esa, bunday fikrning noto‘g‘ri ekanligini, Buyuk Britaniya hech qachon bo‘linib ketmasligini aytmoqda.

Biz, BahsOnlinening navbatdagi eshittrishiga ana shu ikki tadqiqotchini taklif qildik.

Agar Siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz va tadqiqotchilarga savollaringiz bo‘lsa, marhamat, 30 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG