Линклар

logo-print

Turk matbuoti: Istanbuldagi hujumchilar orasida IShIDga aloqador o‘zbek, qirg‘iz, tojiklar ham bo‘lgan


Milliyet gazetasi xudkush hujumchilarning portlashdan uch daqiqa oldin aeroport kuzatuv kamerasi qayd qilgan fotosuratlarini ham e’lon qildi.

Milliyet gazetasi xudkush hujumchilarning portlashdan uch daqiqa oldin aeroport kuzatuv kamerasi qayd qilgan fotosuratlarini ham e’lon qildi.

Turkiyada chiqadigan Milliyet gazetasi qirqdan ziyod odam o‘limiga sabab bo‘lgan 28 iyun kungi Istanbul xalqaro aeroportidagi terror hujumini Tojikiston fuqarolari bo‘lgan uch xudkush amalga oshirgani haqida yozdi. Ayrim boshqa nashlar xudkush hujumchilar o‘zbek, qirg‘iz va chechenlar bo‘lganini iddao qilib chiqdi. ​

Xabarlarga ko‘ra, xudkush hujumchilar aeroportga taksida kelishgan.

Ularni belida xudkushlik belbog‘i, sumkalarida Kalashnikov avtomatlari bo‘lgan.

Milliyet gazetasi xudkush hujumchilar tojik fuqarolari bo‘lganini iddao qilib chiqdi.

Nashr ularning portlashdan uch daqiqa oldin aeroport kuzatuv kamerasi qayd qilgan fotosuratlarini ham e’lon qildi.

Turkiyada chiqadigan Karar nashri esa uch hudkushning biri o‘zbek yana biri qirg‘iz bo‘lgani haqda yozdi.

Nashrga ko‘ra, yetti kishilik terrorchilar guruhi Istanbulning uchta joyida hujum uyushtirishni rejalaganlar.

Ularning qaysi terror guruhiga mansubligi ma’lum emas.

Hujumchilar belida xudkushlik kamari borligini bilintirmaslik uchun issiq havo bo‘lishiga qaramay egniga qalin kamzul kiyib olishgan.

Ular bir oy davomida Istanbulda bir kvartirani ijaraga olib yashashgani aytilyapti.

Hozirda Istanbulning Bakirko‘y tumani politsiyasi uchta xonadonni tintuv qilgan, uch nafari xorijlik bo‘lgan 13 odamni 28 iyun kungi terror hujumlariga aloqadorlikda gumonlab, hibsga olgan.

Hibsga olingan xorijliklar qaysi davlat fuqarolari ekanini politsiya hanuz ochiqlamadi.

Ayni paytda hujumchilarni aeroportga eltgan taksi haydovchisi ham so‘roqqa chaqirtirilgan.

Haydovchi so‘roq payti mijozlari turkiy bo‘lmagan ajnabiy tilda gaplashgani haqda ko‘rsatma bergan.

Tojikistondan raddiya

Turkiya matbuoti terrorchilik hujumlarini sodir etganlar haqida biri biridan farqli xabarlarni e’lan qilib turgan bir paytda hozirgacha faqat Tojikiston hukumati o‘z fuqarolarining Istanbul hujumlariga aloqadorligi haqidagi iddaolarni rad qilib chiqdi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Milliyet gazetasining Istanbuldagi hujumlarga tojik fuqarolari aloqador ekani haqidagi xabarini asossiz deb atadi.

Vazirlikning axborot xizmati boshlig‘i Vafo Niyatbekov 30 iyun kuni Ozodlik radiosining tojik xizmati bilan suhbatda Tojikistonning Bosh konsuli mazkur masaladi Istanbul xavfsizlik idoralari rahbarlari bilan uchrashgani va uchrashuvlar payti tojik fuqarolarining Otaturk aeroportidagi hujumga aloqadorligi tasdiqlanmaganini aytdi.

Ayni paytda uch hujumchining Rossiya pasportiga ega bo‘lgani haqida ham xabarlar bor.

Yeni Safak nashri Turkiya xavfsizlik idoralaridagi manbasiga asoslanib, terrorchilardan biri chechen millatiga mansub Rossiya fuqarosi Usmon Vadinov ekani haqda xabar qildi.

U va yana ikki shaxs bir oy oldin Istanbulning Fatih mintaqasi Horhor mahallasida bir kvartirani bir yilga kiraga olishgan.

Uy egasining aytishicha, ularda Rossiya pasporti bo‘lgan.

Boshqa bir xabarda ularning Suriyaning Raqqa viloyatidan o‘tib kelgani aytiladi.

Turkiyaning Haberturk nashri ham hujumchilardan biri chechen millatiga mansub Rossiya fuqarosi bo‘lgani haqda yozdi.

Nashrga ko‘ra, hujumchilar Ataturk aeroportiga kelishgach, ulardan biri aeroportga kiraverishda o‘zini portlatib yuborgan. Boshqa bir hujumchi g‘alag‘ovurdan foydalanib aeroport ichiga kirib o‘zini portlatgan.

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, xudkush hujumlarni "Islomiy davlat" ekstremist guruhi amalga oshirganiga ishoratlar bor.

Hozirga qadar Istanbul aeroportidagi mazkur hujumlar oqibatida 42 odam halok bo‘lgani, 160dan ortiq odam yaralangani bildirildi.

Shaxsi aniqlangan murdalar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Abrorjon Ustaboev va Samat Muhiddinov ham borligi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG