Линклар

logo-print

Tojikistonda odatda yozning issiq kunlarida, ayniqsa, ro‘za kunlarida to‘y qilinmaydi. Aksar tojikistonlik kuzda, Rossiyadagi muhojirlar pul ishlab qaytgan oylarda to‘y o‘tkazadi.

Lekin ayni kunlarda juda ko‘p juftlik oila qurmoqda, sababi 1 iyuldan boshlab yaqin qarindoshlarning oila qurishini taqiqlovchi qonun kuchga kiradi.

Tojikistonning fuqarolik holati aktlarini qayd qilish bo‘limi xodimlari keyingi oylarda ularga kelib tushayotgan arzlarning soni ko‘payganini bildirishdi. Ularning aytishicha, buning sababi tojikistonliklarning qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni man etuvchi qonun kuchga kirishidan avval oila qurib olishni istayotganidir.

Qarindoshlarning oila qurishini taqiqlovchi qonun yanvar oyida qabul olindi. Bu qonun loyihasi aka-uka va opa-singillarning quda bo‘lishi keng tarqalgan Tojikistonda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Mazkur odatni man qilish tarafdorlari ota-onasi yaqin qarindosh bo‘lgan bolalarda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar ko‘proq uchrashini aytib keladi. Unga qarshilar esa mazkur bog‘liqlikni tasdiqlovchi ko‘proq dalil kerakligini ta’kidlaydi.

Tojikistonda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakatda 25 300 nafar nogiron bola qayd etilgan. Ularning 30-35 foizi bir-biri bilan yaqin qarindosh bo‘lgan ota-onalarning farzandlaridir.

Davlat matbuoti hamda hukumat rasmiylari yaqin qarindoshlarning oila qurishi keltirib chiqaradigan tahdidlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borib keladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning birinchi choragida qardindosh bo‘lgan kamida 60 juftlik oila qurgan. Solishtirish uchun avvalgi yillarda bu hol necha marta kuzatilgani bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Ammo rasmiylar aslida bu ko‘rsatkich ancha yuqori ekanligiga ishonadi.

Tojikcha familiya tanlashning, masalan, farzandga otasining ismini familiya o‘laroq berishning keng tarqalayotgani fuqarolar o‘rtasidagi qarindosh aloqalarini aniqlashni yanada mushkullashtirmoqda.

XS
SM
MD
LG