Линклар

O‘zbekiston telekanallari orqali namoyish qilingan "Ahmad vasvasasi" nomli ko‘rsatuvda chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboev yana tanqid qilindi. Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Xalq Artisti Sherali Jo‘raev¸ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov doxil estrada yulduzlarining moliyaviy piramida abonentlari bo‘lgani aytildi.

30 iyun kuni chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning moliyaviy piramida tuzgani va u boshqargan shirkat ustidan tekshiruv davom etayotgani haqida O‘zbekistondagi barcha telekanallar "Ahmad vasvasasi" degan “fosh qiluvchi” ruhdagi ikkinchi ko‘rsatuvni efirga uzatdi.

Ko‘rsatuvda Ahmad Tursunboevning o‘zi firibgar ekaniga “iqror” bo‘lib mijozlaridan uzr so‘radi.

Shuningdek, Tursunboev “moliyaviy piramidasining bankrot bo‘lib, o‘zining boshi berk ko‘chaga kirganini“ e’tirof qildi.

Aybsizlik prezumpsiyasiga teskari tarzda hali ustidan hukm o‘qilmagan Ahmad Tursunboev teleko‘rsatuvda qoralandi.

O‘z-TV namoyish qilgan lavhada O‘zbekiston Xalq Artisti Sherali Jo‘raev¸ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov doxil estrada yulduzlarining moliyaviy piramida abonentlari bo‘lgani aytildi.

Ko‘rsatuvda hokim¸ militsiya va boshqa puldor mulozimlarning Ahmadboyga o‘z pulini “ko‘paytirish” uchun berib turishgani ta’kidlandi.

Ahmadboy Tursunboev “fosh qilingan” birinchi ko‘rsatuv 16 iyun kuni efirga uzatilgan edi.

XS
SM
MD
LG