Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:11

Samolyot bortida sigaret chekkan samarqandlik Moskva aeroportidan uchirilmadi


O‘zbekiston fuqarosi Moskvaning Vnukovo aeroportidan Samarqandga uchayotgan uchoqdan bortda sigaret chekkani uchun tushirib qoldirildi. Aeroport ma’muriyatida o‘zbek muhojiri ma’muriy javobgarlikka tortilganini bildirishdi.

Joriy yil 1 iyulida Vnukovo aeroportining Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan uchoqdan salonda tamaki chekkan O‘zbekiston fuqarosi tushirib qoldirildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Markaziy Federal okrugi bo‘yicha Transportdagi boshqarmasida Ozodlikka bu hodisa sodir bo‘lganini tasdiqlab, o‘zbek muhojiri allaqachon ma’muriy javobgarlikka tortilganini bildirishdi:

- Ha, bu bugun ertalab sodir bo‘ldi. Unga jarima solindi, qonunbuzar Rossiya Federatsiyasining tamakiga qarshi qonuni asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi, deya tafsilotlarni gapirib berdi Mariya Dedova.

Aniqlanishicha, soat 08:05 daqiqa o‘tganda Samarqandga uchishga tayyorlanib turgan UT 809 reysiga chiqqan o‘zbekistonlik 1985 yilda tug‘ilgan shaxs sigaret chekishni boshlagan.

Layner xodimlari ogohlantirishlarga qaramasdan yo‘lovchi sigaretini tashlamagani uchun transport politsiyasi xodimlarni chaqirtirgan.

31 yashar qonunbuzar politsiya va bortprovodniklar yordamida uchoqdan tushirilib, mahalliy politsiya bo‘limiga keltirildi.

Bo‘limda o‘zbekistonlik muhojirga nisbatan Vnukovo aeroporti transport politsiyasi tomonidan ma’muriy protokol tuzildi va keyinroq u jarimaga tortilgani aytildi.

UT 809 reysi esa 50 daqiqaga kechikib yo‘lga chiqishga majbur bo‘ldi.

Rossiyaning Life nashri o‘zining “anonim manbasiga” tayanib layner bortidan tushirib qoldirilgan O‘zbekiston fuqarosi “qattiq narkotik mastligi holatida” ekani to‘g‘risida xabar berishga shoshildi.

Biroq, Vnukovo aeroporti ma’muriyatida bu ma’lumot haqiqatdan yiroqligi va yo‘lovchi uchishga hozirlanayotgan bortdan sigaret tutatgani uchungina tushirilganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG