Линклар

logo-print

O‘zbekiston telekanallari orqali namoyish qilingan "Ahmad vasvasasi" nomli ko‘rsatuvda chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboev yana firibgar sifatida qoralandi. Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Xalq Artisti Sherali Jo‘raev¸ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov doxil estrada yulduzlari hokim, militsiya mulozimlarining moliyaviy piramida "abonentlari" bo‘lgani aytildi.

30 iyun kuni chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning moliyaviy piramida tuzgani va u boshqargan shirkat ustidan tekshiruv davom etayotgani haqida O‘zbekistondagi barcha telekanallar "Ahmad vasvasasi" nomli “fosh qiluvchi” ruhdagi 30 daqiqalik ikkinchi ko‘rsatuvni efirga uzatdi.

Ko‘rsatuvda Ahmad Tursunboevning o‘zi firibgar ekaniga “iqror” bo‘lib mijozlaridan uzr so‘radi.

Shuningdek, Tursunboev “moliyaviy piramidasining bankrot bo‘lib, o‘zining boshi berk ko‘chaga kirganini“ e’tirof qildi.

Aybsizlik prezumpsiyasiga teskari tarzda hali ustidan hukm o‘qilmagan Ahmad Tursunboev teleko‘rsatuvda qoralandi.

O‘zTV namoyish qilgan lavhada O‘zbekiston Xalq Artisti Sherali Jo‘raev¸ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov doxil estrada yulduzlarining moliyaviy piramida abonentlari bo‘lgani aytildi.

Ko‘rsatuvda hokim¸ militsiya va boshqa puldor mulozimlarning Ahmadboyga o‘z pulini “ko‘paytirish” uchun berib turishgani ta’kidlandi.

Ahmadboy Tursunboev “fosh qilingan” birinchi ko‘rsatuv 16 iyun kuni efirga uzatilgan edi.

“Ahmadboy vasvasi” filmida aytilgan asosiy gaplar:

-- Ahmadboy: “Tupikka kirib qoldim. Bankrotga uchradim. Pul yetkazib berolmadim. Orqaga yo‘l yo‘qligini bilardim. Shuncha aholidan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”

-- Ahmadboy mijozlari bir necha 10 ming edi.

-- Ahmadboy o‘z firmalaridan foyda ko‘rmagan. Faqat soliq to‘layapman, deb ko‘rsatish uchun ochilgan.

-- Ahmadga pul mol- mulk topshirish uchun kuniga 300 nafargacha odam kelardi.

-- Ahmad atrofiga faqat ishonchli odamlarni jamlagan va asosan qarindoshlariga mas’ul vazifalarni topshirgan.

-- Ahmad abonentlari o‘z qo‘li bilan imzolagan tushuntirish xatiga ko‘ra, modomiki Ahmad firmasiga kor-hol bo‘lsa, pulini mol-mulkini talab qilolmaydi.

--Bu yerda aldangan odamlar yo‘q. Hammasi pulini mol-mulkini yo bo‘ladi, yo bo‘lmaydi deb bilib turib berishgan, dedi Ahmad shotirlaridan biri.

-- Ahmadboy orqali eshakda yurganlar ikkitadan mashina oldi.

-- Ahmadboy va uning shotiri Quvonchbek Abduqosimov o‘rtasida kuchli ziddiyat paydo bo‘ldi. Ahmadboy uni qamatishga urindi. Ammo Quvonchbekka pul bergan odamlar Ahmadboyga kelib pulini talab qila boshlaydi.

-- Orada odamlarga pulini berolmagan Nuriddin qochib ketadi. Lekin oz muddat ichida qo‘lga olinadi. Nuriddindan 70 yaqin turli rusumdagi avtoulovlar musodara etildi.

-- Murodboydan 100 dan ortiq avtomobil musodara etildi. U hozirda qidiruvda.

-- Ahmadboy bir qassob, ammo uning orqasida turganlar kim?
-- Sobiq militsiya mulozimi Sodiq Mustafoqulov onasini o‘rtaga qo‘yib qasam ichib Ahmadboyni tanimasligini aytdi. Ammo videoda birga tirjayib turgani aks etgan. Videoda Ahmadboy, Sodiq bilan birga qadah ko‘targan qiziqchi Obid Asomov ham paydo bo‘ldi.

-- Mashhur san’atkorlar Ahmadboy to‘ylarida xizmat qildi. Sherali Jo‘raev, Mavluda Asalxo‘jaeva , Doston Ubaydullaevlar Ahmadboyning muxtasham to‘yida xizmat qildi.

-- Ahmadboy kimdan qancha pul olingani va kirim-chiqim ustida bosh qotirmagan.

-- Filmda vijdonsiz mansabxo‘r shaxslar ayblandi. Xokim, IIB shu kungacha ularni tekshirmadi. Nega tekshirmadi? Oddiy xalq pirojki sotsa soliq yugurib keladi. Nega Ahmadboyni hech kim ushlamadi? Agar to‘xtatganda edi shuncha xalq qaqshab qolmas edi, deyildi filmda.

-- Ahmaddan mahalliy amaldorlar naf ko‘rgan. “Egan og‘iz uyalar” deganidek, ular Ahmadboyni fosh qilish o‘rniga unga sheriklik qilib kelgani tergovda aniqlandi.
- Katta-katta odamlar, katta artistlar (hokim, militsiya, Sherali Jo‘raev, Mirzabek Xolmedov va boshqalar) Ahmadboyga abonent bo‘lgan. 300 - 400 ming dollar qo‘yishgan.

--- Barcha mansabdor shaxslarga tegishli huquqiy baho beriladi. (jazoga tortiladi)

--Aldangan odamlar uchun bu achchiq saboq bo‘ldi.

-- Ahmadboy abonentlari qilgan ishlar sudxo‘rlikka kiradi.

-- Ahmad abonentlari o‘z nafsi qurbonlaridir

ODAMLAR PULINI QAYTARISh HAQIDA BIR OG‘IZ GAP YO‘Q.

XS
SM
MD
LG