Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:58

Turk politsiyasi Istanbuldagi o‘zbeklar xonadoniga reydlar uyushtirdi


Istanbul aeroportida 42 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terror hujumlari ortidan Turkiya politsiyasi Istanbul va Izmir shaharlarida reydlar o‘tkazmoqda. Politsiya Istanbulning Pendik, Eyup va Bashaqshehir mavvzelarida yashovchi o‘zbekistonlik muhojirlar xonadonlarini ham tintuv qilgan. 28 iyun kuni Istanbulning Otaturk aeroportida 42 odamni o‘ldirgan xudkush hujumlardan biri O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgani haqda Ozodlik avval xabar bergan edi.

Turk matbuotiga ko‘ra, hozirga qadar Turkiyada terrorizmga qarshi olib borilayotgan reydlar payti ko‘pchiligi xorijliklar bo‘lgan 24 odam hibsga olingan.

Hibsga olinganlar orasida o‘zbekistonlik muhojirlarning bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Hozirga qadar Turkiya politsiyasi 24 odamni hibsga olgan.
Hozirga qadar Turkiya politsiyasi 24 odamni hibsga olgan.

Istanbul politsiyasi hibsga olingan shaxslarning ismlari va qaysi millat mansublari ekanini ochiqlamayapti.

28 iyun kuni Istanbulning Otaturk aeroportida 42 odamni o‘ldirgan xudkush hujumlardan biri O‘zbekiston vatandoshi, qolgan ikki nafari esa Rossiya va Qirg‘iziston vatandoshlari bo‘lgani va ularning "Islomiy davlat" terror guruhiga mansubligi bildirilgandi.

Turkiyadagi “O‘zbeklar birligi” tashkiloti rahbari Adem Chevik Ozodlik bilan suhbatda Istanbulda politsiya o‘zbekistonlik muhojirlar yashovchi xonadonlarni tintuv qilganini ta’kdiladi:

- Reydlar bo‘lyapti, o‘zbekistonlik musulmonlar xonadonlarini ham politsiya tekshiryapti, lekin hibsga olinganlar orasida o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligini bilmaymiz. Bu reydlar asli normal hol. Oldin ham o‘zbeklar, markaziy osiyoliklar xonadorlarida bunday reydlar o‘tkazilgan. Chunki bu yerda juda ko‘p xorijlik musulmonlar yashaydi, ular orasida o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil qiladi, - deydi Adem Chelik.

Ayni paytda hujumchilar to‘qqiz kishi bo‘lgani, terrorchilar guruhi Istanbul va Izmir shaharlarida bir qancha terror hujumlarini uyushtirishni rejalaganliklari haqida ham xabarlar bor.

To‘qqiz kishi may oyida Suriyaning “Islomiy davlat” ekstremist guruhi nazoratida qolayotgan Raqqa shahridan Istanbulga kelganliklari va Bashaqshehir va Fatih mavzelarida ikkita kvartirani bir yilga ijaraga olganlar.

Istanbulning Taqsim maydonida o‘tgan hafta o‘tkazilgan gey parad payti ham ular terror hujumlari qilishni rejalaganliklari aytilyapti.

Turkiyadagi o‘zbeklar o‘zlariga shubha ortishidan xavotirda

Turkiyada yashovchi o‘zbekistonlik muhojirlar Istanbuldagi hujumlardan so‘ng o‘zlariga shubha bilan qarash kuchayishidan xavotir bildirmoqda.

- Eshitib rosa xafa bo‘ldik, Turkiya bizga shuncha bag‘rikenglik qilyapti, bu yerga kelib o‘qiyapmiz. Musulmon dunyosidagi eng demokratik davlat qaysi desa Turkiya tushiniladi. Hozir endi bizni tashvishga solayotgan narsa bizga nisbatan shubhali qarashlar kuchayishi. Biz mana shundan qo‘rqyapmiz, - deydi Istanbulda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba.

“O‘zbeklar birligi” tashkiloti rahbari Adem Chevik ham Turkiya hukumati Markaziy Osiyo va kavkazdan keluvchi muhojirlar ustidan nazoratni kuchaytirishi ehtimolini nazardan soqit qilmaydi:

- O‘zbekistonliklarga nisbatan shubha ortishi mumkin, to‘g‘ri. Lekin Istanbul aeroportidagi terror hujumlarini faqat sodir etganlar orasida emas shu hujumlardan jabr ko‘rgan, halok bo‘lganlar orasida

Istanbuldagi terror hujumida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.
Istanbuldagi terror hujumida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

ham o‘zbeklar bo‘lganini, o‘zbekistonliklar ham turklar kabi birday terror hujumidan jabr ko‘rganini unutmasligimiz kerak, - deydi Adem Chevik.

​Hozirga qadar Istanbul aeroportidagi mazkur hujumlar oqibatida 44 odam halok bo‘lgani, 240dan ortiq odam yaralangani bildirildi.

Shaxsi aniqlangan murdalar orasida O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan Abrorjon Ustaboev va Samat Muhiddinov ham borligi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG