Линклар

Istanbuldagi hujumda o‘ldirilgan Abrorjon Ustaboev tuproqqa qo‘yildi


22 yashar Abrorjon Ustaboev o‘limidan 20 daqiqa oldin uyidagilari bilan gaplashgan

22 yashar Abrorjon Ustaboev o‘limidan 20 daqiqa oldin uyidagilari bilan gaplashgan

Istanbuldagi Otaturk aeroportida 28 iyun oqshomida amalga oshirilgan portlashlar va otishmalar paytida halok bo‘lgan Abrorjon Ustaboev Namanganda tuproqqa topshirildi. 22 yoshli Abrorjon Ustaboev janozasi 1 iyul tushlikdan keyin soat uchda Namangandagi Langar masjidida o‘qildi.

Janoza marosimi Langar masjidida xavfsizlik xodimlarining qattiq nazorati ostida o‘qildi. Keyin mayyitni Xasti Mavlono qabristoniga qo‘yishdi,” dedi janoza marosimida qatnashgan marhumning do‘stlaridan biri.

U uch farzandning o‘rtanchisi bo‘lgan Abrorjon oila a’zolarining “hammasi shokda” ekanini ilova qildi.

Uyidagilarining hammasi shokda. Otasiyam, aka-ukalariyam. Onasini umuman qo‘yavering: yotib qolgan, o‘zini tashlab yuborgan, behush yotibdi,” dedi Abrorjon Ustaboevning do‘sti.

Yaqinlariga ko‘ra, marhum yaqinda Istanbuldagi mehmonxonalardan biriga ishga kirib, uyga pul jo‘natib turgan ekan.

Abrorjon Ustaboevning otasi farzandi o‘limidan shok holatiga tushgan

Abrorjon Ustaboevning otasi farzandi o‘limidan shok holatiga tushgan

Ozodlik bilan suhbatlashgan yana bir guvohga ko‘ra, Abrorjon o‘limidan 20 daqiqa oldin uyidagilari bilan telefon orqali gaplashgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Abrorjon Ustaboev aeroportga kelib, taksidan tushgan paytda portlash va otishmalar boshlanib ketgan.

Janozada ishtirok etganlar so‘zlariga ko‘ra, Abrorjon yuragidan bir dona o‘q yegan va o‘sha joyning o‘zida jon taslim qilgan.

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 28 iyun kechqurun amalga oshirilgan portlashlar va otishmalar chog‘ida, Turkiya rasmiylari bergan ma’lumotga ko‘ra, ja’mi 44 kishi halok bo‘lgan va 230dan ziyod odam jarohat olgan.

Qurbonlarning ikki nafari o‘zbekiston vatandoshlari ekani xabar qilinadi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining Ozodlikka aytishicha, to‘rt nafar o‘zbekistonlik yaralangan.

XS
SM
MD
LG