Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:07

Serbiya kafesida qilingan hujumda 5 kishi o‘ldi, 20 odam yaralandi


Serbiya politsiyasining bildirishicha, mamlakat shimolida qurollangan shaxs kafeda o‘q ochgan, natijada 5 kishi o‘lgan, 20 nafar odam tan jarohati olgan. Politsiya e’lon qilgan bildiruvda qurollangan shaxs “kafega kirib avtomatdan o‘q ochib, turmush o‘rtog‘i va yana boshqa bir ayolni o‘ldirgan. Keyin kafedagi boshqa shaxslarni ham o‘qqa tutgan”, deyiladi.

Serbiya ichki ishlar vaziri Neboysya Stefanovich voqea joyiga tashrif buyudi. N1 televideniesi tarqatgan xabarga ko‘ra, vazir jinoyatchi qurolni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgani, hujum qilishiga rashk sabab bo‘lganini aytgan.

Bu keyingi paytda Serbiyada ro‘y bergan uchinchi qurolli hujumdir. Mamlakat 1990 yillardagi Bolqon urushlaridan keyin ko‘payib ketgan noqonuniy qurollar savdosiga chek qo‘yishg urinib keladi.

So‘nggi otishma poytaxt Belgraddan 80 km masofada jolashgan Jitishte shahrida tunda ro‘y berdi.

Politsiya xodimi hujumni amalga oshirgani aytilayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Ismining bosh harflarigina e’lon qilingan ayblanuvchi Z. S. 1978 yil tug‘ilgan bo‘lib, hozir tergov qilinmoqda.

Stefanovich jinoyatchi voqea joyidan qochishga uringani, ammo politsiya xodimlari uni qo‘lga olganini bildirdi.

Tanjug xabar agentligiga ko‘ra, Stefanovich “Bunday hol sodir bo‘lganidan hammamiz dahshatga tushdik, sababi u juda sipo odam bo‘lgan, avval politsiyaga tushmagan”, degan.

N1 tarqatgan xabarda aytilishicha, hujumchi kafeda ayoli bilan janjallashib, chiqib ketgan. Keyinroq Kalashnikov avtomatiga o‘xshash qurol bilan qaytib kelgan va o‘t ochgan.

Ikki odam darhol nobud bo‘lgan, qolgan uchtasi qo‘shni Zrenyanin shahridagi shifoxonada jon bergan.

Politsiya yaralanganlarning 7 nafari, jumladan, 3 yosh bola o‘ta og‘ir ahvolda ekanini bildirdi.

Serbiyada bundan avval ham bu kabi hujumlar sodir bo‘lgan edi.

2015 yil mamlakat shimolida 55 yoshli shaxs o‘g‘lining to‘yida spirtli ichimlik ichib olib, olti odamni, jumladan, kelin va uning ota-otasini o‘ldirgan edi.

2016 yilda esa Belgraddan 50 km masofada joylashgan qishloqda yashovchi 60 yoshli urush veterani 13 odamni o‘ldirgan edi.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG