Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:39

Nobel mukofoti sovrindori, Xolokost jabrdiydasi Eli Vizel vafot etdi


Eli Visel
Eli Visel

2 iyul kuni muzey xodimlari Twitterda “Yad va-Shem Xolokostda tirik qolgan, Nobel mukofotini olgan taniqli yozuvchi Eli Vizel olamdan o‘tganidan qayg‘uda”, deb yozdi. Vizel Nьyu-Yorkdagi uyida ochiqlanmagan sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Isroil bosh vaizir Benyamin Netanyahu e’lon qilgan bildiruvda “Eli Vizel yorug‘lik nuri edi, insonlarning yaxshiligiga ishonuvchi odamiylik misoli edi”, deyiladi.

Isroil prezidenti Reuven Rivlin Vizelni “yahudiy xalqining qahramoni” deb atadi.

AQSh prezidenti Barak Obama Vizelni “dunyoning vijdoni”, deya ta’rifladi.

“U nafaqat antisemitizm, balki nafrat, fanatizm va toqatsizlining har qanday ko‘rinishiga qarshi chiqdi. U har birimizni – xalq va inson sifatida – aynan shunday qilishga, o‘zgalarda o‘z aksimizni ko‘rishga va “boshqa qaytarilmaydi” va’dasini haqiqatga aylantirshga chorladi,” dedi Obama.

Germaniya adliya vaziri Xeyko Maas Twitterda “Vizel Xolokost guvohi, ta’riflab bo‘lmaydigan hodisalar solnomachisi edi”, deb yozdi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland esa Vizelni “buyuk insonparvar hamda tinib-tinchimas tinchlik himoyachisi” deya ta’rifladi.

Vizel 1928 yil Ruminiyaning Siget shaharchasida tug‘ilgan.

U fashistlar konslagerlarida boshidan kechirganlari haqida yozgan va Xolokost haqida odamlarga ma’lumot berishni targ‘ib qilgan.

Vizelning “Tun” deb ataluvchi asari Xolokost dahshatlari haqida hikoya qiluvchi eng muhim kitoblardan biri hisoblanadi.

Vizel bu asarni Osvensim hamda Buxenvald konsentratsion lagerlarida mahbus o‘laroq o‘tkazgan davriga tayanib yozgan.

Vizelning onasi, otasi hamda singlisi Xolokost qurboni bo‘lgan. Yana bir singlisi esa omon qolgan.

1986 yil Vizelь Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlangandi.

Norvegiyaning Nobel qo‘mitasi o‘sha paytda uni “dunyoda zo‘ravonlik, repressiya hamda irqchilik keng tarqalgan bir davrda eng muhim ruhiy yetakchilardan biri” o‘laroq ta’riflagan edi.

Nobel mukofotini qabul qilish uchun so‘zga chiqqan Vizel “Qachon bo‘lsa ham, qaerda bo‘lsa ham insonlar azob va tahqirlashlarga duch kelsa, u yoki bu tarafga yon bosing.

Betaraflik qurbonga emas, zo‘ravonga qo‘l keladi.

Sukut saqlash aziyat chekayotganni emas, zolimni rag‘batlantiradi”, degan edi.

Vizelning turmush o‘rtog‘i Marion bilan bir o‘g‘li bor.

XS
SM
MD
LG