Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:28

Sherali Jo‘raev va Obid Asomov "Ahmad vasvasasi" uchun O‘zTVdan norozi


Xalq artisti Sherali Jo‘raev moliyaviy piramida qurishda ayblanayotgan Ahmadboyga pul berganini inkor qilarkan, bu iddaoga javob berish masalasini yuristlar bilan maslahatlashayotganini ma’lum qildi. Ahmadboyga pul bermaganini aytgan taniqli qiziqchi Obid Asomov ham Instagram sahifasida O‘zTVdan noroziligini bildirdi.

BBC o‘zbek xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘raevning vakili "O‘zbekiston" televideniesining hofiz chinozlik tadbirkor Ahmadboyga pul berganiga oid da’volarini rad etgan.

30 iyun kuni chinozlik tadbirkor 39 yashar Ahmad Tursunboev haqida O‘zbekistondagi barcha telekanallar "Ahmad vasvasasi" nomli ikkinchi ko‘rsatuvni efirga uzatdi.

Ko‘rsatuvda Ahmadboyga pul berganlar orasida "sahna yulduzlari borligi", shu jumladan, "hofiz Sherali Jo‘raev va so‘z ustasi Obid Asomovlar borligi" da’vo qilindi.

Sherali Jo‘raevning BBC o‘zbek xizmati suhbatlashgan vakili hofizning bu iddaolarga qonuniy javob berish masalasini yuristlar bilan muhokama qilayotganini ham ta’kidladi.

Jo‘raevning Ahmadboy o‘tkazgan tadbirda ishtirok etganini tasdiqlagan vakili: "Tushunmadim, detdomgami, allakimga yordam berib yurgan bir yosh bola ekan", deb aytdilar", deya hofizdan iqtibos keltirmoqda.

O‘zbekistonlik taniqli so‘z ustasi Obid Asomov ham Instagram sahifasida, go‘yoki, Ahmadboyga pul berganiga oid iddaolarni rad etdi:

"... Firibgar ushlanibdi jinoyati fosh bo‘libdi jazo olishi muqarrar lekin... Biz san’atkorlar nima qilib yuribmiz? Tushunmagan tomoshabin bizniyam hamtovoqqa chiqarib qo‘yyapti! Aybimiz to‘yda xizmat qilganimizmi? Shaxsan men hech narsani u yigitga topshirganim yo‘q!! Va nihoyat tv xodimlariga alohida rahmat besh yil tv dan chiqmaganimni hissasini chiqarishdi to‘rrta kanalda ketma ket ko‘rindim!! Ramazon muborak!!!!!!!!!" deb sharh qoldirdi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli so‘z ustasi Obid Asomov.

Har ikki san’atkor ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston rasmiy telekanal va radiokanallarida chiqarilmay kelmoqda. O‘zTV ko‘rsatuvida Ahmadboy piramidasiga pul tikkan sahna yulduzlari talay ekani ta’kidlangan bo‘lsa-da, aynan shu ikki san’atkor qiyofasining ko‘rsatilgani ham ularning noroziligini kuchaytirmoqda.

30 iyun kuni O‘zbekistondagi barcha telekanallar namoyish qilgan "Ahmad vasvasasi" nomli ko‘rsatuvda Ahmad Tursunboevning o‘zi firibgar ekaniga “iqror” bo‘lib mijozlaridan uzr so‘radi. Shuningdek, u “moliyaviy piramidasining bankrot bo‘lib, boshi berk ko‘chaga kirganini“ e’tirof qildi.

Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatuvda "hokim, militsiya va boshqa puldor mulozimlarning Ahmadboyga o‘z pulini “ko‘paytirish” uchun berib turgani" ta’kidlandi.

Chinoz "Avto Hamkor" shirkati rahbari 39 yashar Ahmad Hamidovich Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar etkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Shuningdek Tursunboev 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

Ўзбекистон ТВси Аҳмадбойни "фош" қилувчи иккинчи филмни намойиш қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

XS
SM
MD
LG