Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:37

Yangilangan Oloy bozorida rastalar sotilayotganidan shikoyat bo‘ldi


Toshkentda Shanxay hamkorligi tashkiloti sammiti arafasida ta’miri bitib, foydalanishga topshirilgan "Oloy dehqon bozori" sotuvchisidan yangi rastalar majburan sotilayotgani haqida shikoyat bo‘ldi. Bozorning gul sotiladigan qismida uzoq yillardan buyon savdo qilib kelayotgan tujjor savdo joyi uchun alohida pul to‘larkan, buning ustiga 1 metr kvadratlik rasta uchun 800 ming so‘m talab qilinayotganini iddao qildi.

Toshkentning markazida joylashgan "Oloy dehqon bozori"da 6-7 yildan beri gul sotib kelgan sotuvchi ismini sir saqlash sharti bilan Ozodlikka so‘zladi:

- Bozorning gul sotiladigan qismini ham to‘liq ta’mirdan chiqarishdi. Endi biz o‘z joyimizga savdo qilgani borsak, 1 metrlik joyga 800 ming so‘m to‘laysizlar, shunaqa joydan ikkitasini olasizlar, deb majburlashyapti. Biz joy pulini to‘laymiz, qorovul pulini to‘laymiz. Endi bu qo‘shimcha to‘lov nimaga, desak savolimizga aniq javob berishmayapti. Tushunishimizcha, shu rastalarni qurib bergani uchun bizdan 1 million 600 ming so‘mdan pul olisharmish. Shunga ularning haqqi bormi? Bu davlatning puliga ta’mirlandi-ku, nega yana bizdan pul olishmoqchi? - deya savol bilan yuzlandi sotuvchi.

Ozodlik savolga javob olish uchun "Oloy dehqon bozori" aksionerlik jamiyatiga bog‘lanishga urindi, ammo hozircha javob ololmadi.

Quyida bozor sotuvchisi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Янгиланган "Олой" бозори сотувчиси 2 та растани сотиб олишга мажбурланганидан арз қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00
Бевосита линк

Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti arafasida mehmonlarga taqdim qilingan Toshkentdagi ikkita yirik bozor - Oloy va Mirobod bozorlari 15 milliard so‘mga (rasmiy kurs bo‘yicha 5,1 million AQSh dollaridan ko‘proq) tushdi.

O‘zbekiston mahalliy nashrlarining xabar qilishicha, qayta qurilgan Oloy bozoriga 464 o‘rinli yangi pavilyon qo‘shilgan. Bozor sharqona qandolat mahsulotlari, go‘sht, sut-qatiq va non rastalari bilan boyitilgan.

Hozirda “Toshbozorsavdo” davlat uyushmasiga Oloy va Mirobod bozorlari doxil 14 ta dehqon bozori, qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotiladigan bitta ulgurji bozor, 2 ta ixtisoslashgan bozor va 6 ta savdo majmuasi kiradi.

Rasmiylar yaqin yillarda Toshkent bozorlaridagi davlat ulushini 51 foizgacha qisqartirishga va’da qilganlar. Bu esa bozorlar jilovi baribir davlatning qo‘lida qolaverishini anglatadi.

XS
SM
MD
LG