Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:56

Chor Rossiyasi o‘zbek, qirg‘iz va tojiklarni qirg‘in qilganiga yuz yil to‘ldi


Podsho Nikolay Ikkinchining mardikor olish to‘g‘risidagi Farmoni.
Podsho Nikolay Ikkinchining mardikor olish to‘g‘risidagi Farmoni.

Samarqand, Xo‘jand, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysida 1916 yilning 4 iyulida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari va bu isyonlarning Chor Rossiyasi tomonidan ayovsiz bostirilganiga 100 yil to‘ldi. Tarixchilarga tayanilsa, qo‘zg‘olonlarni bostirish chog‘ida kamida 500 ming kishi qirib tashlangan.

Chor Rossiyasiga qarshi 1916 yilda qo‘zg‘olon ko‘targani uchun dorga osilgan turkistonliklar. Qirg‘iziston davlat tarix muzeyidan olingan fotosurat.
Chor Rossiyasiga qarshi 1916 yilda qo‘zg‘olon ko‘targani uchun dorga osilgan turkistonliklar. Qirg‘iziston davlat tarix muzeyidan olingan fotosurat.

1916 yilda Markaziy Osiyodagi xalqlar Chor Rossiyasining mardikor olish siyosatiga qarshi isyon ko‘targan edi. 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay Ikkinchi imzolagan Turkistonning rus bo‘lmagan millatlaridan mardikor olish to‘g‘risidagi Farmonga qarshi isyon o‘sha yilning 4 iyulida o‘sha paytda Samarqand viloyatiga qarashli bo‘lgan Xo‘jandda boshlangan. Unda o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar ishtirok etgan edi.

Tarixiy hujjatlarga tayanadigan bo‘lsak, 1916 yilning iyulida Samarqandda 25 ta, Sirdaryoda 20 ta, Farg‘ona vodiysida 86 ta qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Barcha isyonlar Rossiya qo‘shinlari tomonidan ayovsiz bostirilgan. Chor hukumati isyonlarni bostirish uchun 1916 yilning 17 iyulidan boshlab Turkiston o‘lkasida faqulodda harbiy holat joriy etishga majbur bo‘lgan.

Isyonchilarga qarshi 30 ming rus harbiysi pulemyot va zambaraklardan o‘q otgan. Yoz oxirlariga borib Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysidagi isyonlar bostirilgan.

Qirg‘indan qochib Xitoyga ketayotgan qirg‘iz oilasi.
Qirg‘indan qochib Xitoyga ketayotgan qirg‘iz oilasi.

O‘zbekistonda bu mavzu na tarixchilar, na fuqaroviy jamiyat va na hukumat tomonidan eslanmayotir.

O‘zbekistonlik tarixchi olim¸ professor Goga Hidoyatov vafotidan bir oz oldin Ozodlik radiosiga bergan suhbatida 1916 yil voqealarini bugungi kunda o‘zbek tarixchilari o‘rganishga qizqish bildirmayotganidan afsuslanishini aytgan edi.

Goga Hidoyatov bilan suhbatni tinglang.

Тарихчи олим Гога Ҳидоятов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00
Бевосита линк

Qirg‘izistonlik tarixchi Qiyas Moldokasimov uzoq yillardan beri 1916 yilgi qo‘zg‘olon tarixini o‘rganib keladi. U mana bularni yozadi:

“Oqposhshoning mardikor olish to‘g‘rsidagi Farmoni 28 iyunda Toshkentga yetib keldi. Turkiston hududi general-gubernatori lavozimini vaqtincha bajarayotgan general Yerofeev uni o‘sha kuniyoq viloyatlarga jo‘natadi. Turkiston xalqiga Farmon 29 iyun kuni e’lon qilinsa-da, mahalliy aholi uning mohiyatini tushunib etgan emas. Shuning uchun ular qo‘shni yashagan ruslardan buyruqning mohiyati haqida so‘rashgan, ruslarning ayrimlari “sizlar nemislar bilan ruslar urishayotgan dalaning o‘rtasiga borib okop qazasizlar”, ayrimlari “ u yerda sizlarga cho‘chqa go‘shti eyishni o‘rgatishadi” kabi tushuntirishlarni bergan. Bu gaplar ortidan mahalliy aholi orasida vaziyat qaltislashgan.

Ikkinchidan, boshqa yerlardan ko‘chib kelgan ruslar mahalliy aholining erlariga ko‘z tikkan. Slavyan aholisining vakillari qo‘zg‘olon ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lgan. Arxiv materiallari tasdiqlab turganiday, qo‘zg‘olon ko‘targan qirg‘izlar jazolanib, ularning erlari kelgindilarga bo‘lib berilgan”, deb yozadi tarixchi.

Tarixchi 1916 yilga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarida Turkistonda isyon ko‘tarilishini sezgan Chor Rossiyasi hukumati mintaqaning yirik shaharlaridagi qo‘shinlari sonini ko‘paytirgani va ko‘chib kelgan slavyan aholisiga qurol tarqatilgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar borligini aytgan.

Qiyas Moldokasimovning yozishicha, Nikolay IkkinchiFarmonini bajarish uchun Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Yettisuv viloyatidan 60 ming, Farg‘ona viloyatidan 50 ming, Samarqand viloyatidan 38 ming mardikor olish rejalashtirilgan.

Ziyoevning “ O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi” asarida qayd etilishicha, zo‘rlik bilan uylaridan olib chiqib ketilgan mardikorlardan 101 600 kishi Rossiyaning Yevropa qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga joylashtirilgan.10 mingdan ortiq kishi Turkiston o‘lkasida ishlatilgan.

1916 yilda Rossiyadan Turkistonga ko‘chib kelgan ruslar mahalliy aholi bilan suratga tushmoqda.
1916 yilda Rossiyadan Turkistonga ko‘chib kelgan ruslar mahalliy aholi bilan suratga tushmoqda.

Mardikorlar ochlikdan, xo‘rlikdan, mashaqqatli mehnatdan mislsiz aziat chekdilar. Ko‘plari qattiq sovuqdan, turli kasalliklardan o‘lib ketdilar, yoki bir umrga nogiron bo‘lib qoldilar.

1916 yilgi xalq qo‘zg‘olonini bostirish ortidan Chor Rossiyasi harbiylari qancha odamni qirib tashlagani shu kungacha aniq ma’lum emas.

Qirg‘iz va qozoq tarixchilari zamonaviy Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududidagina 500 mingdan ortiq odam o‘ldirilgani haqida gapirib keladilar.

Qirg‘iz kinochilari 1916 yil qo‘zg‘oloni to‘g‘risidagi filьmni suratga olmoqda.
Qirg‘iz kinochilari 1916 yil qo‘zg‘oloni to‘g‘risidagi filьmni suratga olmoqda.

Qirg‘iziston prezidenti 2015 yilning 27 may kuni Rossiya tomonidan 1916 yilda qirg‘izlarning ommaviy qatliom qilinganining 100 yilligini xotirlash va nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Qirg‘iz tarixchilarining bir qismi va fuqarolik jamiyatining ayrim vakillari 1916 yil voqealarini genotsid deb tan olishini va Rossiya bu qirg‘in uchun tovon puli to‘lashini talab qilib keladi.

XS
SM
MD
LG