Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:41

Ramazon hayiti arafasida Saudiya Arabistoni terrorchilar nishoniga aylandi


4 iyul kuni Saudiya Arabistonida bir qancha portlashlar sodir bo‘ldi.

Saudiya Arabistonining Madina shahridagi “Masjidun-Nabaviy” yaqinida sodir bo‘lgan kuchli portlashda 4 kishi nobud bo‘ldi, 10 kishi yaralandi.

Bu haqda xabar qilgan Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, xudkush kimsa Payg‘ambar masjidi majmuasiga kirish joyida portlash moslamasini harakatga keltirgan.

Bombali hujum natijasida bu yerga yaqin turgan bir necha avtomobil o‘t ichida qolgan. Portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech kim zimmasiga olgani yo‘q.

"Masjidun-Nabaviy" oldidagi portlashda 4 kishi nobud bo‘lgani tasdiqlagan qirollik Ichki ishlar vazirligi ayni paytda 5 kishi tan jarohati olgani haqida bayonot tarqatdi.

Payg‘ambar alayhissalom masjidi musulmonlar uchun Makkadagi Masjidul-Haramdan keyin turadigan ikkinchi muqaddas joy bo‘lib hisoblanadi. "Masjidun-Nabaviy"da payg‘ambar Muhammad (SAV) dafn etilgan. Madina rasmiylariga ko‘ra, Ramazon oyida bu shaharga ikki million chog‘li ziyoratchi kelgan.

Avvalroq Saudiya Arabistonining Qatif shahrida ikkita portlash yuz bergandi. Royters agentligi xabariga ko‘ra, oldin masjid yonida turgan avtomobilь portlatilgan, so‘ngra esa yana bir portlash sodir bo‘lgan. Mahalliy nashrlar bu portlashlar natijasida 2 kishi nobud bo‘lganini yozmoqdalar.

Ash-Sharqiya viloyatida joylashgan Qatif shahrida asosan shia mazhabiga mansub kishilar istiqomat qiladi. So‘nggi ikki yil ichida Saudiya Arabistonining bu mintaqasi shia masjidlarining terrorchilar tomonidan nishonga olinishi tufayli bir necha bor e’tibor tortgan.

Dushanba kuni Jidda shahridagi AQSh konsulligi binosi oldida ham bomba portlagan. Terrorchi konsullik binosi tomon qarab ketayotganda xavfsizlik xizmati xodimlari unga yaqinlashmoqchi bo‘lgan va shu payt u o‘zini portlatgan. Portlash chog‘ida xavfsizlik xizmati xodimlaridan ikki nafari engil jarohat olgani aytilmoqda.

Худкуш Жиддадаги Америка консуллиги ëнида ўзини портлатди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, iyun oyida bu mamlakatda noma’lum shaxslar tomonidan 26 ta terroristik hujum amalga oshirilgan.

XS
SM
MD
LG