Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:00

O‘zbekistonda bolalarning hayit namoziga qatnashishi taqiqlandi


Moskvadagi jomelardan birida Hayit namoziga qatnashgan o‘zbekistonliklar
Moskvadagi jomelardan birida Hayit namoziga qatnashgan o‘zbekistonliklar

5 iyul kuni Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi maktablar rahbarlariga o‘quvchilarning hayit namoziga borishi oldini olishni topshirdi.

Bu ma’lumotdan oldin O‘zbekistonda 6 iyul kuni nishonlanadigan Ramazon hayiti arafasida hayit namoziga bolalarning qatnashishi bosh vazir darajasida taqiqlandi, degan ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqadi.

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi mas’ul vakili hayit namoziga hukumat darajasida cheklov qo‘yilganidan xabari yo‘q ekanini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 iyul kuni mana bu norasmiy ma’lumot paydo bo‘ldi (aynan keltiramiz):

4 Iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev muqaddas ramazon hayitini o'tkazish to'g'risida selector majlisi o'tkazdi. Majlisdga barcha ta'lim muassasalari maktab, kollej, litsey, oliy ta’lim muassasalari o'quvchi-talabalairni qo'ymaslik to'g'risida qattiq topshiriq berildi. Hech bir o'quvchi talaba hayit namoziga kelishi mumkin emas. Masjidga qo'yilmaydi.

Bu xabar ortidan O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi muovini, shayx Abdulaziz Mansur bilan bog‘landik.

- Selektor majlisidan xabarimiz yo‘q. Bizga bunday ma’lumot yetib kelmadi. Hayit namoziga, odatda, hamma qatnashaveradi. Hech qanday cheklov bo‘lmaydi. Agar qandaydir cheklov joriy etilgan bo‘lsa, biz eshitgan bo‘lardik. Hozir mana hammamiz diniy idorada o‘tiribmiz. Hayitga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Masjidlar bilan bog‘lanayapmiz. Hamma bayramona kayfiyatda bo‘lsin, shodiyona bo‘lsin, deb tayinlayapmiz, dedi shayx Abdulaziz Mansur.

Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasida ta’lim muassasalari rahbarlari bilan 5 iyul kuni ertalab yig‘ilish o‘tkazilgani, unda bolalarning hayit namoziga borishining oldini olish masalasi muhokama qilinganini Ozodlikka boshqarma xodimlaridan biri ma’lum qildi. Lekin yig‘ilish tafsilotlarini ochiqlashni istamadi.

Toshkentdagi o‘qish rus tilida olib boriladigan maktablardan biri telefonini ko‘targan ayolning masaladan to‘la xabardor ekanini bildik. Uning aytishicha, “bugun (5 iyul) ertalab GUNOda (Shahar xalq ta’limi boshqarmasi – tahr.) majlis bo‘ldi, unda bolalarni hayit namoziga qo‘ymaslik vazifasi maktab direktorlariga yuklatildi”.

O‘quvchi va talaba yoshlarning hayit namoziga qo‘yilmayotgani to‘g‘risidagi bugungi xabar O‘zbekiston sharoitida favqulodda yangilik emas, balki yillardan buyon davom etib kelayotgan tendensiyaning navbatdagi ko‘rinishidir.

Masalan, 2013 yilgi Ramazon oyida Toshkent shahrida o‘quvchilarning juma namozlariga bormasliklari uchun dars soatlari uzaytirilgani, ayrim maktab o‘qituvchilari masjidlar oldida navbatchilik ham qilgani to‘g‘risida xabar qilgan bo‘lsak, 2014 yilgi Ramazonda maktab va kollej o‘quvchilarining masjidda o‘qiladigan juma va taroveh namozlariga qatnashishiga taqiq qo‘yilgan to‘g‘risida xabar qilgan edik.

Bolalar va masjid mavzui Ozodlikning shu yil may oyida tayyorlangan eshittirishida ham o‘rganilgan, unda Diniy idora raisi muovini shayx Abdulaziz Mansur mamlakatda bolalarning masjidga kiritilmayotganidan xabardorligi va bu dinni davlatdan ajratgan hukumatning qarori ekanini ta’kidlab o‘tgan edi.

XS
SM
MD
LG