Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:29

Toshkentda Mustaqillik bayramiga 50 kunlik hashar e’lon qilindi


Toshkent shahar hokimiyati, O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab, "50 obodlik kuni" nomli aksiyani e’lon qildi. Aksiya munosabati bilan hokimlik saytida e’lon qilingan murojaatda poytaxtliklardan har tumandan bayramga qadar 25 ko‘cha va bolalar o‘yingohini tozalash va ta’mirlash so‘raldi. Murojaat mazmuniga ko‘ra, ta’mirlash ishlari ham xalqning xayr-ehsoni hisobidan qilinishi lozim.

Toshkent shahar hokimiyati rasmiy saytida e’lon qilingan murojaatda, jumladan, shunday deyilgan:

"... “To‘yga to‘yona bilan” deganlaridek, istiqlolimizning 25 yilligiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik. Har bir tumanda 25 ta ko‘chani obodonlashtirish va 25 ta bolalar o‘yingohini bunyod etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yordam beraylik... Poytaxtimizda mustaqillik bayrami arafasida 50 obodlik kunini e’lon qilib, hududlarni toza-ozoda qilish va mahallalarimiz obodligini ta’minlash insoniy burchimizdir. Ana shu xayrli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik, poytaxtimizni bundan-da go‘zal va obod shaharga aylantiraylik".

Toshkent shahridagi mahalla faollaridan biri obodonlashtirilishi lozim bo‘lgan ko‘chalar ro‘yxati mahalla qo‘mitalariga allaqachon taqdim qilinganini aytdi:

- Bizning mahalladan 3 ta ko‘cha tushgan. "Namunaviy ko‘chalar" degan ro‘yxat qilingan. Shu mahalla xalqining o‘zi bayramgacha ko‘chalarni tozalab, daraxtlarni oqlab, qarovsiz qolgan tomorqalarini chopib, parvarishlab chiqayapti. Keyin ko‘cha bo‘yicha nurab yotgan, qarovsiz qolgan devorlar, uylarni ham to‘g‘irlashyapti. Hozir hokimiyat asfalьti o‘yilib ketgan ko‘chalarni tekislashda ham yordam bervorsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki, xalqning bunga qurbi etmaydi. Ammo, ba’zi ko‘chalarda hokimiyatning o‘zi asfalьt yotqizib berayapti. Men bu aktsiyani yaxshi baholayman, o‘zimiz yashab turgan mahallani obod qilsak, hammamizga ham yaxshi, - deydi mahalla faoli.

Ayni paytda faol bolalar o‘yingohlarning aksariyati ta’mirtalab ekani, hozircha ta’mirlash ishlari uchun hokimiyat hisobidan mablag‘ ajratilmaganini ham qayd etib o‘tdi.

Quyida faol bilan suhbatni tinglang:

Тошкентда Мустақиллик байрамига 50 кунлик ҳашар эълон қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:04 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG