Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:15

Rossiya o‘z valyuta zaxirasini diversifikatsiya qilish uchun Xitoy yuanini sotib olmoqda


Rossiya G‘arb sanksiyalari ta’sirini ozaytirish maqsadida Xitoy yuanini sotib olmoqda.
Rossiya G‘arb sanksiyalari ta’sirini ozaytirish maqsadida Xitoy yuanini sotib olmoqda.

Rossiya Markaziy banki G‘arb mamlakatlari sanksiyalari ta’sirini ozaytirish maqsadida Xitoy yuanini sotib olib, asosan AQSh dollari va yevrodan iborat bo‘lgan valyuta zaxirasini diversifikatsiya qilmoqda.

2015 yilning sentabr oyi oxirida Markaziy bankning chet el valyutalari zaxirasi qatorida yuan tilga olinmagan edi. 4 iyul kuni esa bank 2015 yil yakuniga kelib yuanь rezervlarning 0,1 foizini tashkil qilganini bildirdi.

Bundan avval oz sonli mamlakat Xitoy yuanini zaxira valyuta o‘laroq sotib olgan edi. Bu mamlakatlarning aksari Osiyoda joylashgan.

Moskva va Pekin siyosiy hamkorlardir. Rossiya Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolini anneksiya qilib olgani uchun g‘arb mamlakatlari sanksiyalar joriy qilishi ortidan Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yanada yaxshilandi. 25 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinga tashrif buyurdi.

Rossiya Markaziy banki matbuot kotibi yuan hali Rossiyaning oltin yoki chet el valyutasi rezervlari qatoriga rasman kiritilmaganini aytdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi hali yuanga xalqaro valyuta maqomini bergani yo‘q. Ammo oktabr oyida yuanga bu maqom berilishi kutilmoqda. Bu esa Xitoyning global iqtisodda tutgan o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

Rossiya bankining chet et valyutalari zahirasida AQSh dollari ulushi to‘rtinchi chorak yakuniga kelib o‘zgarishsiz qoldi va 47,5 foizni tashkil etdi.

Yevroning ulushi esa uchinchi chorak yakunida 38,9 foizni tashkil qilgan, to‘rtinchi chorak oxiriga kelib 37,0 foizga tushgan. Britaniya funti ulushi esa 9,5 foizdan 9,9 foizga ko‘tarilgan.

Rossiya o‘z iqtisodini tashqi bosim, jumladan, sanksiyalarga bardoshliligini oshirish uchun o‘z valyuta zahirasini diversifikatsiya qilishga intilib keladi.

Neft narxining pastlashi va xalqaro sanksiyalar ortidan Rossiya iqtisodi avvalgi yilda tanazzulga yuz tutdi va 3,7 foizga qisqardi. Bugunga kelib mamlakat iqtisodi barqarorlashmoqda.

XS
SM
MD
LG