Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:14

Turkiya IDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor


Chavusho‘g‘li Rossiya Injirlik aviabazasidan foydalanishi mumkinligi haqida biror gap aytmaganini bildirdi.
Chavusho‘g‘li Rossiya Injirlik aviabazasidan foydalanishi mumkinligi haqida biror gap aytmaganini bildirdi.

Turkiya Suriyada “Islomiy davlat” ekstremistik guruhiga qarshi kurashda Moskva bilan hamkorlik qilishni taklif qildi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li 4 iyul kuni Istanbulda: “Biz Daishga qarshi kurashuvchi hamma bilan hamkorlik qilamiz”, dedi. “Daish” – “Islomiy davlat”ning eski nomi – “Iroq va Shom islom davlati”ning arabcha qisqartmasi bo‘lib, jangarilar bu so‘zni haqorat o‘laroq qabul qiladilar.

Chavusho‘g‘li Turkiya “Islomiy davlat”ga qarshi kurashayotgan davlatlar bilan allaqachondan beri hamkorlik qilayotganini aytdi va “biz Injirlik havo bazasini Daishga qarshi kurashga qo‘shilishni istaydiganlar uchun ochdik”, dedi.

Bu bildiruv ortidan ayrimlar Anqara Rossiyaga Turkiya janubidagi Injirlik havo bazasidan foydalanishga izn bermoqchi, deya xulosa qildi.

Ammo keyinroq Chavusho‘g‘li jurnalistlarga: “Biz kelajakda Daishga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilishimiz mumkin, dedik. Men Rossiya uchoqlarining Injirlik havo bazasiga kelishi haqida biror izoh aytmadim”, dedi.

Turkiyaning Injirlik havo bazasidan AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Suriyadagi havo amaliyotlarini amalga oshirishda foydalanib keladi. Bular orasida Germaniya, Britaniya, Saudiya Arabistoni hamda Qatar bor.

Havo bazasi Suriya chegarasi yaqinidagi Adana shahridan 8 km masofada joylashgan.

Rossiyaning Turkiya bilan munosabatlari Erdo‘g‘on 2015 yil noyabrida turk harbiylari tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotining halok bo‘lgan uchuvchisi oilasidan uzr so‘rab, ta’ziya bildirgani ortidan yaxshilana boshladi.

Samolyot urib tushirilganidan so‘ng Turkiya va Rossiya munosabatlari yomonlashgan, Moskva Turkiya bilan deyarli barcha iqtisodiy aloqalarni uzib, rossiyalik sayyohlarning Turkiyaga borishiga chek qo‘ygandi.

Chavusho‘g‘li uchoq urib tushirilishi ortidan kelib chiqqan tanglikni nazarda tutib, Turkiya rasmiylari Moskvaga Anqara bilan hamkorlik qilish uchun yana bir taklif qilishganini aytdi.

“Salbiy hodisalarning oldini olish uchun hamkorlikda chora ko‘rish muhimdir”, dedi u.

Moskva Anqaraning bildiruvini olqishladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 4 iyul kuni: “Tabiiyki, bu jiddiy bildiruv bo‘lib, uni harbiy hamda siyosiy jihatdan ko‘rib chiqish kerak”, dedi.

Turkiya ham, Rossiya ham “Islomiy davlat”ga qarshi, lekin ular Suriyadagi mojaroning qarama-qarshi tarafidadir. Anqara Suriya prezidenti Bashar al-Assadga qarshi kuchlarni qo‘llaydi. Assadni esa, o‘z navbatida, Rossiya va Eron dastaklaydi.

Rossiya harbiy uchoqlari o‘z hujumlarini Suriyaning Latakiya viloyatida joylashgan Xmeymim havo bazasidan turib amalga oshiradi.

XS
SM
MD
LG