Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:49

BahsOnline: "Fuqaro" so‘zini "Vatandosh"ga almashtirish kerakmi?


Fuqaro kalimasi qashshoqlar ma’nosini beradi
Fuqaro kalimasi qashshoqlar ma’nosini beradi

1991 yilda shoir Erkin Vohidov va yozuvchi Pirimqul Qodirovlarning tashabbusi bilan “grajdan” so‘zi o‘rniga “fuqaro” deb olingan edi.

“Fuqaro” kalimasi “faqir” so‘zining ko‘plik formasidir. Faqir degani arabcha so‘z bo‘lib, kambag‘al, qashshoq, muhtoj, bechora ma’nolarini tashiydi.

Shu bois tilshunos olimlar va ziëlilar bu kalimaning “haqoratli” ekanligini aytib “Vatandosh”¸ “Eldosh”¸ Yurtdosh” kabi so‘zlarga almashtirish zarurligini aytib kelishdi.

Marhum tilshunos Alibek Rustamiy ham Ozodlik radiosi orqali chiqish qilib “fuqaro” kalimasi o‘rniga boshqa so‘z olish zaruratini ta’kidlagan edi.

Fuqarolar deyish to‘g‘rimi?

Bu savolga marhum shoir¸ O‘zbekikston Oliy kengashi deputati¸ grajdan so‘zini “fuqaroga” aylantirish tashabbuskori Erkin Vohidov O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rasmiy saytida e’lon qilinib¸ AQShdagi “Vatandosh” nashrida e’lon qilingan maqolasida javob berishga uringan edi.

“Kelib chiqishi faqir bo‘lgan fuqaro so‘zi hozirgi maqomga qadam-baqadam ko‘tarilgan, avval xojaning fuqarosi, so‘ng amiru sultonning, bora-bora mamlakatning fuqarosi qadar yetib kelgan. Kambag‘allik ma’nosini yo‘qota borib, avval tobelik, so‘ng muayyyan jamoaga a’zolik darajasiga etgan. Mana endi Yurt fuqarosi deganda biz Yurt egasini tushunamiz. Bu evrilish, bu metamorfozani ko‘ring! Tobelikning sohiblikka aylanishiga nazar soling!

Navbatdagi savol: Fuqaro so‘ziga "-lar" qo‘shimchasi qo‘shish mumkinmi? Asli ma’nosida, albatta, yo‘q! Lekin yangi ma’no kasb etgach mumkin ekan!

XIX asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod etgan o‘z zamonining malik ush-shuarosi bo‘lgan Fazliyning "Senga arz etar fuqarolaring...", degan so‘zlari bor. Bu g‘azalga shoir Vola bog‘lagan muhammas “Bozurgoniy” kuyiga solib hali hamon aytiladi. Demak, bundan ikki asr avval fuqaro amirlikka tobe inson ma’nosida ishlatilgan va fuqarolar shakli ham mavjud bo‘lgan.

Bugun endi fuqaro so‘zi juldur to‘nini yechib, zamonaviy libosda qad ko‘targan. Bir qo‘li bilan ruscha grajdanin, ikkinchi qo‘li bilan inglizcha sitizen so‘zlarini mahkam ushlab dunyo sahnida mag‘rur turibdi.

Zotan grajdanin ham, sitizen ham o‘zlarining avvalgi shaharlik degan ma’nolarini allaqachon tark etganlar”.

Ammo bu “asoslash” tilshunos olimlarni qanoatlantirmadi. 2004 yilda tilshunos olim¸ akademik Alibek Rustamiy “Fuqaro” kalimasi almashtirilish zarurat ekanligini Ozodlikda ta’kidlagan edi.

Siz nima deb o‘ylaysiz fuqaro so‘zini vatandoshga almashtirish kerakmi?

Agar bahslarga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, har payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, babajanovs@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG