Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:31

Muzrabotlik fermer: Tortib olingan yerimni rasmiylar tomorqaga pullashmoqda


O‘zbekistondagi fermerlarga qachon nimani ekishni hukumat belgilab beradi.
O‘zbekistondagi fermerlarga qachon nimani ekishni hukumat belgilab beradi.

O‘zbekistonlik fermer ayol Dilorom Zaynieva 1999 yildan beri fermerlik qilib kelgan yeri bundan to‘rt yil ilgari hokimiyat tomonidan noqonuniy olib qo‘yilgani va bugungi kunda hokimiyatga yaqin shaxslarga tomorqa sifatida bo‘lib berilganini iddao qilmoqda. Biroq rasmiylar Ozodlik muxbiri bilan suhbatda fermer ayolning iddaolarini inkor etdilar.

Музработлик фермер: Тортиб олинган еримни расмийлар томорқага пуллашмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00
Бевосита линк

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi fermer Dilorom Zaynieva 56 gektar yeri, paxta va g‘alla rejasini muntazam bajarib kelganiga qaramay, 2012 yilda noqonuniy tortib olinganidan shikoyat qilmoqda.

Muzrabot tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Qilichbek Karimov Dilorom Zaynievaning iddaolari asossiz ekanini aytdi:

- 2012 yilda paxtaga rejalashtirilgan yer maydoniga noqonuniy ravishda o‘z manfaati uchun ko‘kat va piyoz ekkan. Kadastr uni aprel oyida paxta ekilishi kerakligidan ogohlantirgan, ammo u yerni buzmagan. Shundan so‘ng Kadastr va tuman prokurori ishtirokidagi guruh borib, ko‘katni buzdirib,tuman hokimiga taqdimnoma kiritgan. Shundan so‘ng yer shartnomasi bekor bo‘lgan, -dedi Qilichbek Karimov.

Fermer ayol esa hokim o‘rinbosarining gaplarini yolg‘onga chiqardi:

-Yo‘q, yo‘q...Paxtani, g‘allani vaqtida ekkanmiz.Hech qachon davlatning rejasiga ziyon qilinmagan. Faqat g‘alladan so‘ng bo‘shagan yerning bir gektariga ishchilarim ozroq sharoitlarini yaxshilashi uchun ko‘kat va piyoz ekishgan. Keyin o‘sha yerni vaqtida haydab, vaqtida paxta ekishgan.

Dilorom Zaynievaning iddao qilishicha, uning yerini tortib olishdan tuman rahbarlari manfaatdor bo‘lgan va bu yer bugungi kunda hokimiyatga yaqin shaxslarga tamorqa sifatida bo‘lib berilgan.

- Bo‘lim boshlig‘i bir necha yildan beri “Bir gektar yerni bog‘ qilishimga bering”, deb so‘rab yurardi. Keyin og‘aynilariga tamorqa berishim uchun so‘radi, pullashim uchun. Men “Davlatning yeridan tomorqa sotmayman, bu jinoyat”, deb javob berganman. Shundan keyin tuxmat qilib yerimni olib qo‘yishdi. Mana to‘rt yildan beri bo‘lim boshlig‘i bilan Kadastr rahbari bu yerni besh-olti kishiga tamorqaga sotib, uy solib sotib kelishayapti, -dedi Dilorom Zaynieva.

Muzrabot tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Qilichbek Karimov fermerning bu iddaosini javobsiz qoldirdi. Dilorom Zaynieva yeri qaytarib berilishini iltimos qilib, Termiz shahar xo‘jalik sudiga murojaat qilganini, xo‘jalik sudi tuman hokimi qarorini uch marta bekor qilganini aytdi. Biroq tuman hokimiyati sudning bu qaroriga norozilik bildirganidan so‘ng, boshqa sudlar, jumladan, Oliy Sud ham hokimiyat foydasiga qaror chiqargan.

Qilichbek Karimov sud hukmlaridan keyin fermerga boshqa yer taklif qilinganini, ammo u boshqa yerni olishdan bosh tortganini qo‘shimcha qildi:

-Mana, oradan uch-to‘rt yil o‘tdi. U faqat o‘sha yerni olaman, deb yuribdi. Biz unga boshqa yerni taklif qilayapmiz, ammo u ko‘nmayapti.

Hokim o‘rinbosarining bu gapiga fermerning javobi:

- Men o‘sha joyda uyimni sotib 21 gektar sho‘r joyni yangi yer qilib ochdim. Yerimga qo‘shib olib, suv chiqardim. 15-16 yil suv chiqmagan yerni ayol boshim bilan suv chiqadigan yerga aylantirdim. Buning hammasini o‘z mablag‘imga qildim. O‘shalarni bilib turib, ko‘rib turib, hokim ham, prokuror ham, Kadastr bo‘limi boshlig‘i ham menga tuxmat qilayapti.

Muzrabot tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Qilichbek Karimovning aytishicha, Dilorom Zaynieva 2015 yilda fermerlar tenderida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan. Tender g‘olibi sifatida unga yer berilishi lozim edi. Ammo...

-Xalq deputatlari tuman kengashida deputatlar fermerlar nomzodlarini tasdiqlashi kerak edi. Viloyat deputatlari, viloyat hokimi, viloyat prokurori kelib o‘tkazgan xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida tuman prokurori unga nisbatan ishonchsizlik bildirdi. Tuman prokurori kafolatini olmagani uchun uning nomzodi deputatlar tomonidan qo‘llanmadi. Lekin u haqiqatan ham tenderda g‘olib bo‘lgan edi, - dedi Qilichbek Karimov.

XS
SM
MD
LG