Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:02

Hajga borolmayotgan andijonlik arzi, natija bergan shikoyat, Toshkentda yetishtirilayotgan mushmula


Fuqaro internet orqali shikoyat qilgach, “GM Uzbekistan” nosoz chiqqan “Lasetti”ning nuqsonini bartaraf etdi

“Sirdaryo avtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyatidan sotib olingan yangi “Lasetti” avtomobilining avtomat qutisi nosoz chiqdi (“Iste’molchi”, 6 iyul). Mashina egasi D. Ro‘zmetov nosozlikni bartaraf etishni so‘rab, aksiyadorlik jamiyatiga murojaat etgan. Kompaniya bergan kafolatga ko‘ra, kamchilik tekin bartaraf etilishi zarur bo‘lgani holda, D. Ro‘zmetovdan 4,5 million so‘m pul talab qilingan. Shundan keyin u Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali Davlat raqobat qo‘mitasiga shikoyat yo‘llagan. Shundan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat” va “GM Uzbekistan” kompaniyalari “Lasetti”dagi nosozlikni o‘rganib chiqqan va kamchilik tekinga bartaraf etib berilgan.

Hajga borish uchun 4 yildan beri navbat kutayotgan andijonlik fuqaro arizasi e’tiborsiz qolayotganidan shikoyat qildi

​Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida yashovchi Ulug‘bek Hamidxonov muborak Haj safariga borish uchun 4 yil avval bergan arizasi e’tiborsiz qolayotganidan shikoyat qildi (“Darakchi”, 7 iyul). Mazkur murojaatga javob bergan Andijon viloyati hokimligi kotibiyat mudiri F. Qo‘shaqovga ko‘ra, bu yil 2009 yilda 10-11-raqam bilan navbatga yozilgan fuqarolar Hajga yuboriladi. Fuqaro U. Hamidxonov esa 2012 yilda 47-raqam bilan navbatga yozilgan. Hokimlik vakili fuqaro navbati kelganda Hajga borishini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda “mushmula” deb atalgan subtropik meva etishtirilmoqda

O‘zbekiston Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida tajriba tarzida mushmula deb atalgan subtropik mevali daraxt o‘stirilmoqda (“Oila davrasida”, 7 iyul). Tajriba payti daraxt ko‘chati kasallikka chalinmagan, ammo havo quruqligi bois bargi tez-tez to‘kilib turgan. Har bir tup daraxtdan 18 kilogrammgacha 3 santimetr kattalikdagi mushmula mevasi olingan. Institut ilmiy xodimi G. Qoraxo‘jaevaga ko‘ra, 25 grammga yetadigan mushmula mevasi noksimon shaklda bo‘lib, vitamin va minerallarga boy. Mushmula daraxti noyabrda gullaydi, dekabrda meva tugadi, qish bo‘yi shakllanib, may-iyun oylarida pishib etiladi.

XS
SM
MD
LG