Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:39

OzodMikrofon: “Birovdan qarzga $1300 olib, Nuriddinboyga berganman”


Moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmad Tursunboev to‘g‘risidagi O‘zbekiston telekanallari namoyish qilgan "Ahmad vasvasasi" ko‘rsatuvida yana bir “piramidachi” - Nuriddin haqida ham so‘z borgan edi. OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan toshkentlik yosh ayol o‘sha Nuriddinning mijozlaridan biri.

Turmush o‘rtog‘i 1983 yilda tug‘ilgan, ikki farzandli, ism-familiyasini aytishni istamagan suhbatdoshimizning hikoyasi bir tomondan Toshkent aholisining o‘z hayotini yaxshilash uchun tirishib-tirmashayotgan, lekin baribir biri ikki bo‘lmayotgan qatlami to‘g‘risida tasavvur bersa, ikkinchi tomondan sodda odamlarning piramidachilar tuzog‘iga ilinishi mexanizmini ochib beradi.

Нуриддинбойга пул берган тошкентлик ёш аёл билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG