Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:39

Chilonzorliklarga garajlarini buzish uchun besh kun muhlat berildi


Toshkent shahri Chilonzor tumanining birinchi va ikkinchi kvartallarida yashovchi aholi "besh kun ichida garajlarini buzib, joyni bo‘shatib qo‘yishlari" haqidagi ogohlantirish xatlari oldi. Chilonzor tumani hokimiyatining Ijroiya mahkamasi tarafidan yuborilgan ogohlantiruv xatida barcha garajlar 10 iyulgacha buzilishi, talabni bajarmaganlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilishi aytilgan.

Chilonzor tumani hokimiyati Garajlar boshqarmasining o‘z ismini ochiqlamagan mas’uli Ozodlik bilan suhbatda garajlar belgilangan muhlatda buzilmasa, hokimlik ularni kuch bilan buzib, xarajatlarni garaj egalaridan undirib olishi mumkinligini aytdi.

Garaj o‘rniga stoyanka

Mulozimning ishonishicha, temir garajlar zamonaviy arxitektura talablariga javob bermaydi, shahar qiyofasini buzmoqda.

- Obodonlashtirish ishlari doirasida buzilyapti. O‘rnida chiroyli, ko‘rkam stoyankalar quriladi, shu stoyankalardan garaj egalariga joylar beriladi, oyiga 75 ming so‘mdan to‘lanadigan stoyankalar bo‘ladi, - dedi hokimiyat mulozimi.

Toshkentning Chilonzor tumanining 1 va 2-kvartallarida yashovchi aholi "5 kun ichida garajlarini buzib, joyni bo‘shatib qo‘yishlari" haqidagi ogohlantirish xatlari olishdi.
Toshkentning Chilonzor tumanining 1 va 2-kvartallarida yashovchi aholi "5 kun ichida garajlarini buzib, joyni bo‘shatib qo‘yishlari" haqidagi ogohlantirish xatlari olishdi.

Lekin, chilonzorliklar temir garajlari buzilishini istashmaydi.

- Garajimizni buzib, bizni oyiga pul to‘lanadigan garajlarga ilintirib qo‘yishmoqchi. Shu stoyanka egalari manfaatini o‘ylab qilishyapti buni, - dedi chilonzorliklardan biri.

Tovon puli

Garaji buzilganga hukumat tovon puli to‘laydimi?

Fuqarolarni qiziqtirayotgan bu savollarga Chilonzor tumani Garajlar boshqarmasi rasmiysidan Ozodlik shunday javob oldi:

- Garaj egalari hukumatni yerini bo‘shatib berishi kerak. Temir-tersagi o‘ziniki. Xohlasa sotadi, xohlasa metallolomga topshiradi, -dedi hokimiyat rasmiysi.

Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi Yevgeniy hokimiyat qarori O‘zbekistonning “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga zid kelishini aytadi.

- Shu qonunga ko‘ra olti oy oldin ogohlantirishi, ko‘rilgan zararni to‘liq qoplashi kerak. Bu rayonda bunaqa garaj 3-4 ming dollar turadi. Buzishsa, metallolomini yuz dollarga ham sotolmaysiz-ku, - deya e’tiroz bildirdi Evgeniy.

Ammo ayrim chilonzorliklar Yevgeniy fikriga qo‘shilmaydi.

Ular temir garajlar buzilishini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

- Shu garajlarning atrofi axlatxona bo‘lib yotibdi. Ayrimlar uylarining oldiga temir garajlarni qurib olgan, ko‘rimsiz bo‘lib yotibdi. Garajingni ol, pod’ezdni to‘sib qo‘ygan, desak, hokimiyatdagi qarindoshini pesh qilishar edi. Endi pod’ezd atroflari ochiladigan bo‘ldi, - deydi toshkentlik.

Toshkent hokimiyatining o‘z ismini aytmagan ma’suli Ozodlik muxbiri bilan suhbatda, shahardagi barcha metall garajlar egallab turgan maydonlar o‘rnida stoyankalardan tashqari dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari ham barpo etilishini aytdi.

XS
SM
MD
LG