Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:25

Ozodlik radiosi Ashxobodni jurnalist Nepesqulievni ozod qilishga chaqirdi


Turkmanistonlik jurnalist Saparmamed Nepesquliev.
Turkmanistonlik jurnalist Saparmamed Nepesquliev.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Turkmaniston rasmiylarini o‘z muxbiri Saparmamed Nepesqulievni ozod qilishga chaqirmoqda. Turkmanistonlik jurnalist soxta ayblovlar bilan bir yildan buyon qamoqda yotibdi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi prezidenti Tomas Kent Nepesqulievning jinoiy ta’qib qilinishiga “yaramas va g‘ayriinsoniy” holat, deya baho berdi.

- Rasmiylar “maxfiy va jazosiz harakat qila olamiz”, deb o‘ylaydilar, o‘zi yashagan jamiyat haqida haqqoniy xabarlar yozgan jurnalistni “qonuniy sudsiz ozodlikdan mahrum qila olamiz”, deb hisoblaydilar, - deydi Tomas Kent.

Ozodlikning turkman sho‘’basi va “Alternativnie novosti Turkmenistana” nashri bilan hamkorlik qilib kelgan Saparmamed Nepesquliev shu yilning 7 iyulida Turkmanboshi shahrida to‘satdan g‘oyib bo‘lib qolgandi.

Bir necha kunlik qidiruvlardan keyin jurnalist Balkan viloyatidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida ekani aniqlangandi. Ma’lum bo‘lishicha, uni “ichida narkotik modda bo‘lgan” hapdori saqlaganlikda ayblab, qo‘lga olganlar.

Keyinchalik uni qo‘lga olganlari ma’lum bo‘ldi. 2015 yil 31 avgustida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida jurnalistni giyohvand modda saqlaganlik ayblovi bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilganlar. Uning qaerda saqlanayotgani haligacha noma’lum. Nepesqulievning oldiga advokatlar qo‘yilmayapti.

Saparmamed Nepesqulievga nisbatan ochilgan jinoyat ishi uydirilganiga jurnalistning hamkasblari ham, nufuzli xalqaro tashkilotlar ham shubha qilmaydi.

Avvalroq Hyuman Rayts Uotch, Chegara bilmas muxbirlar, Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar va Ozodlik radiosi turkmanistonlik jurnalist himoyasiga chiqib, turkman rasmiylarini Saparmamed Nepesqulievni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgan.

Turkmaniston dunyoda matbuot va erkinligi eng ko‘p bo‘g‘ilayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qarorgohi Parijda joylashgan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining bu yilgi reytingida Turkmaniston so‘z erkinligi bo‘yicha 180 mamlakat orasida eng oxirgi o‘rinlardan birini, aniqrog‘i, 178-o‘rinni egallagan.

XS
SM
MD
LG