Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:51

Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar soni ko‘paymoqda


Rossiya rasmiylariga ko‘ra, mamlakatga bilim olish maqsadida kelayotgan o‘zbekistonliklar soni ko‘paymoqda. Birgina Tataristonning Qozon Federal Universitetida o‘zbekistonlik talabalar soni joriy yilda qariyb 500 nafarga yetgan.

Hozirda o‘rta maktabni bitirayotgan O‘zbekiston yoshlari Rossiyaga nafaqat mardikorlik, balki bilim olish uchun ham otlanmoqda.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, mamlakatga bilim olish maqsadida kelayotgan o‘zbekistonliklar soni ko‘paymoqda.

Birgina Tataristonning Qozon Federal Universitetida o‘zbekistonlik studentlar soni joriy yilda qariyb 500 nafarga yetgan.

Bundan bir necha yil oldin ushbu bilimgohda hammasi bo‘lib 20ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olgani aytiladi.

O‘zbek yoshlari Rossiya o‘quv yurtlarini tanlamoqda

Rossiya Fan va ta’lim vazirligiga ko‘ra, chet ellik talabalarning 70 foizi MDH vatandoshlaridan iborat.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya oliygohlarida 17 ming O‘zbekiston vatandoshi tahsil olmoqda.

Son jihatdan o‘zbekistonliklar qozog‘istonliklardan (27,5 ming) keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Tatariston Federal Universiteti qabul komissiyasining mas’ul sekretari Sergey Ionenkoning “Ozodlik”ka aytishicha, talaba bo‘lish umidida hujjat topshirgan chet elliklar orasida o‘zbekistonliklar rekord o‘rnatgan.

- Hozirga kelib 1400 nafar o‘zbekistonlik Universitetimizga hujjat topshirgan. Bu bizni Universitet bo‘yicha rekord hisoblanadi. Ularning aksariyati shartnoma asosida bilim olmoqchi. O‘qish narxi, tanlangan kasbiga qarab, 80 mingdan to 170 ming rublga teng, deb aytdi Sergey Ionenko.

Tatariston Federal Universiteti rasmiylariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar asosan neft ishlab chiqarish, gelogiya va tibbiyot sohalarini tanlashadi.

Rossiya o‘quv yurtlarida talabalar asosan shartnoma asosida, pul to‘lab o‘qishadi. Biroq, kvota bo‘yicha davlat hisobida tahsil olish imkoniyati ham mavjud.

Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘qish uchun tanlov e’lon etiladi. Kvota tanloviga 200 ga yaqin turli mamlakat vatandoshlari qatnashishlari mumkin.

Har yili tanlov natijalari Rossiya hukmatiga tegishli “Rossotrudnichestvo” internet saytida e’lon qilinadi.

Joriy yilda Rossiya oliygohlarida bepul o‘qish uchun 15 ming xorijlikka kvota belgilangan.

Ular uchun eng kup kvota MIFI (Moskva muhandislik- fizika instituti), MISiS (Moskva po‘lat va qotishma instituti), RUDN (Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti), MFTI (Moskva fizika-texnologiya instituti) Qozon Federal universiteti, shuningdek Sankt-Peterburg, Tomsk , Novosibirsk universitetlariga ajratilgan.

Nima uchun Rossiya?

Yaqinda Moskvadagi RUDN (Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti)ni bitirgan o‘zbekistonlik Gulnoza Ziyautdinova ushbu bilimgohda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

U o‘zbekistonliklarni Rossiya o‘quv yurtlarini tanlash sabablarini shunday tushuntiradi :

- Birinchidan Rossiyani bizga yaqin bo‘lgani. Lekin avval kelganimda o‘zimizdagi va bu yerdagi oliy o‘quv yurtlari orasida katta farqni sezmagandim. Rus tilini yaxshi bilsangiz o‘qish yengilroq. Misol uchun RUDEN Universiteti bergan diplomni 159 malakatda qabul qilinadi. Yana imtihon topshirib, diplomni ingliz tilida ham olish mumkin, dedi Gulnoza.

O‘z navbatida kuzatuvchilar xorijiy studentlar yo‘liqayotkan muammolar ham kam emasligiga ishora etishadi.

Eng asosiy muammolardan biri, ular fikrlaricha, bu registratsiya va migratsiya qaydidan o‘tish talabi sanaladi.

Har bir xorijiy talaba Rossiyani vaqtincha tark etganidan so‘ng, mamlakatga qayta kirishi bilanoq yana migratsiya qaydidan o‘tishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, Rossiya jamiyatida millatchilik kayfiyatlarining jiddiy muammo bo‘lib qolayotgani e’tiborga molik.

Gulnoza Ziyautdinova ushbu fikrlarga qo‘shilmasligi va chet elliklar xususan O‘zbekiston talabalari uchun Rossiyada katta muammo yo‘qligini tilga oladi.

- Meni fikrimcha, asosiy qiyinchilik bu yerdagi muhitga adaptatsiya bo‘lishda. Ya’ni xorijiylarni Rossiyadagi qonun- qoidalar, raftor va urf odatni inobatga olishlari, deb o‘ylayman. Skinxedlar bundan oldin bo‘lgan. Lekin oxirgi 4-5 davomida skinxed to‘g‘risida biror xabarni eshitganim yo‘q. Albatta, har millatda bo‘lgani kabi, ruslarni yaxshisi ham, yomoni ham bor. Hamma narsa insonni o‘ziga bog‘liq, uning raftoriga, yurish turishiga. Lekin rossiyada til topib ketsa bo‘ladi, deb aytdi Gulnoza Ziyautdinova.

O‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilgan so‘zlagan toshkentlik talabaning Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida chuqur bilim bermaslik va poraxurlik ko‘lamining o‘ta yuqoriligi, yoshlarning Rossiya bilimgohlarini tanlashlariga sabab bo‘layotir.

O‘zbekiston uchun malakali mutaxasis kerak emas, prezident Islom Karimov hozirda Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarga oliy ma’lumotli farroshlarni etkazib berish bilan ham mashhur”, dedi o‘zbekistonlik talaba.

Moskva rasmiylari malakat bilimgohlariga bo‘lgan qiziqishni oxirgi yillarda umumjahon sifat reytinglarida Rossiya oliygohlari darajasi birmuncha yuqori ko‘tarilgani va xorijiylarning bilim olishlari yo‘lida qator imtiyozlar yaratilganini urg‘ulashadi.

Rossiya universitetlari nufuzi yuqori

Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) tadqiqot kompaniyasi xalqaro miqyosida o‘tkazgan eng yaxshi universitetlar ro‘yxatida sobiq Sho‘ro malakatlari orasida Rossiya yuqori o‘rinlarning birida turadi.

Ushbu tadqiqotlariga ko‘ra turli sohalar bo‘yicha birinchi yuzlik reytingida Rossiya universitetlari 20 ta o‘rinni egallagan. Quacquarelli Symonds (QS) ro‘yxatida 12 ta o‘quv sohasi bo‘yicha birinchi yuzlikka kiritilgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, jumladan “Lingvistika” bo‘yicha 17 o‘ringa ko‘tarilgan.

Reytingdan o‘rin olgan bilimgohlarda o‘qish narxi ham ancha yuqori. Misol uchun Moskvada nufuzli sanalganDavlat Xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) “Xalqaro menedjment” bo‘limida ta’lim olish narxi bir yilda 520 ming yoki taqriban 8125 dollar turadi.

Moskva davlat universiteti gumanitar fakulьtetlari – menejment va iqtisod bo‘limlari uchun yiliga 380 mingdan to 390 ming rublgacha (5900 – 6100 AQSh dollari) to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Rossiya viloyat va o‘lkalarida o‘qish narxi, Moskva va Sankt -Peterburgga qaraganda, arzonroq turadi. Novosibirsk davlat texnologiya universitetida bilim olish uchun yiliga 90 mingdan to 150 ming rublni tashkil etadi.

Toshkentda ham Rossiya Oliy O‘quv yurtlarining uchta filiali mavjud: Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti hamda Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti filiallari bular jumlasidan.

XS
SM
MD
LG