Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:00

AQShning bir nechta shaharlarida politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar davom etmoqda


Kaliforniya, Arkanzas, Nyu-York, Vashington, Luiziana va yana qator shaharlarda namoyishchilar "Qora tanlilarning hayoti muhim" (Black Lives Matter) degan shiorlarni ko‘tarib, ko‘chalarga chiqishgan.

Illinoysda esa odamlar Barak Obama yashagan uyning oldida to‘planishgan.

NATO sammitida qatnashish uchun Polshaga safar qilgan Prezident Barak Obama sammit ortidan rejalangan Yevropa sayohatini qisqartirib, yakshanba kechqurun Vashingtonga qaytishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama Varshavada NATO sammiti munosabati bilan Yevropaga qilatgan tashrifini qisqartirib bir kun oldin qaytadigan bo‘ldi.

Prezidentning AQSh ga ertaroq qaytishi Texasning Dallas shahrida yuz bergan otishma bilan bog‘liq.

AQShning Dallas shahrida payshanba kuni ikki qora tanlining politsiya tomonidan o‘ldirilishiga qarshi namoyishlar o‘tayotgan bir paytda besh politsiyachi o‘ldirildi va yana oltitasi yaralandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyachilar snayper miltiqlaridan nishonga olingan.

Politsiyachilarni o‘ldirish gumoni bilan uch kishi qo‘lga olingan, Dallasda operatsiya davom etmoqda.

Favqulodda vaziyat tufayli Dallas uzra parvozlar to‘xtatilgan.

Politsiyaga qarshi namoyishlar internetda ikki kun ichida politsiyachilar afroamerikaliklarni o‘ldirayotgani tasvirlangan ikkita video tarqalishi ortidan boshlandi.

Norozilik namoyishlari Dallasdagi xuddi shunga o‘xshash namoyishlar chog‘ida besh nafar politsiya xodimining o‘ldirilishidan ikki kun o‘tib yuz bergan.

Norozilik namoyishlariga AQShning ikki shtatida politsiya xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgani tasvirga olingan videolarning Internetda tarqalib ketgani sabab bo‘ldi.

Prezident Barak Obama AQShda politsiya xodimlari tomonidan qora tanlilarning o‘ldirilishi holatlari ko‘paygani mamlakat uchun muammo ekanini ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG