Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:05

Polshada NATO sammiti davom etmoqda


AQSh prezidenti Barak Obama 8 iyul kuni Financial Times jurnalida chop etilgan maqolasida “bu Sovuq urush tugaganidan keyin transatlantik ittifoqimiz uchun eng muhim lahza bo‘lishi mumkin”, deb yozdi.

NATO jangari Rossiyani ogohlantirishni istaydi. Bundan tashqari, g‘arb mamlakatlari “Islomiy davlat” hujumlari, muhojir bo‘hroni hamda Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etish qarori xavotirlarga sabab bo‘layotgan bir paytda birdamlik ruhini ko‘rsatish ilinjidadir.

Sammit davomida Rossiyaga alohida e’tibor qaratiladi. Rossiya tomonidan Ukrainaning Qrim yarimorolining anneksiya qilinishi va Moskvaning Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlardagi roli tufayli g‘arb va Rossiya o‘rtasidagi munosabat yomonlashdi, Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan tartib izdan chiqdi.

“Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi bir butun, erkin va tinch Yevropa haqidagi tasavvurimizga tahdid soladi”, deb yozdi Obama. Prezident yana “Orlandodan tortib Parij, Bryussel, Istanbulgacha” begunohlarning o‘limiga sabab bo‘lgan “Islomiy Davlat” hujumlari, Britaniya qarori hamda “Afrikadan to Afg‘onistongacha” bo‘lgan hududda sodir bo‘layotgan mojarolarni ham tilga oldi.

“Bizning xalqlarimiz siyosiy iroda topib, bu dolzarb muammolarni hal qilish uchun muayyan majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olishi kerak”, deb yozdi AQSh prezideti. Sammit davomida Obama Yevropa davlatlari liderlari bilan uchrashadi.

Obama AQSh hamda Buyuk Britaniya o‘rtasidagi “o‘zgacha munosabat o‘zgarmay qolishini” aytib, Britaniya hamda Yevropa Ittifoqi “yangi yetakchilikka o‘tishning tartibli yo‘lini tanlab olishiga” ishonch bildirdi.

“Bundan tashqari, “Breksit” biroz noaniqlik keltirib chiqarsa ham, bizning umumiy ravnaqimiz NATOning mustahkam poydevoriga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deb yozdi prezident.

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari NATO a’zolarini, jumladan, sammit mezboni Polsha hamda Estoniya, Latviya hamda Litvani xavotirga solib qo‘ygan.

G‘arb davlatlari hukumatlari Rossiyani nafaqat harbiy kuch ishlatishda, balki Yevropa davlatlarini beqarorlashtirish va g‘arbdagi birdamlikka putur yetkazish uchun onlayn hujumlarni amalga oshirish, propaganda bilan shug‘ullanish hamda boshqa metodlardan foydalanishda ayblab keladi.

Sammit davomida Estoniya, Latviya, Litva va Polshada to‘rtta baynalmilal batalyonlarning joylashtirilishiga

“Bundan tashqari, “Brekzit” bir oz noaniqlik keltirib chiqarsa ham, bizning umumiy ravnaqimiz NATOning mustahkam poydevoriga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deb yozdi prezident.

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari NATO a’zolarini, jumladan, sammit mezboni Polsha hamda Estoniya, Latviya hamda Litvani xavotirga solib qo‘ygan.

G‘arb davlatlari hukumatlari Rossiyani nafaqat harbiy kuch ishlatishda, balki Yevropa davlatlarini beqarorlashtirish va g‘arbdagi birdamlikka putur yetkazish uchun onlayn hujumlarni amalga oshirish, propaganda bilan shug‘ullanish hamda boshqa metodlardan foydalanishda ayblab keladi.

Sammit davomida Estoniya, Latviya, Litva va Polshada to‘rtta baynalmilal batalyonlarning joylashtirilishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

“Kommersant” gazetasiga intervyu bergan Rossiyaning NATOdagi elchisi Aleksandr Grushko alyans sammiti kun tartibi “konfrontatsiyani kuchaytirishga qaratilgan” deb aytdi va Rossiya bunga javoban choralar ko‘rishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG