Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:39

Suriyaga ketganlardan "pora olishga homiylik qilgan" podpolkovnik 6 yilga qamaldi


Suriyaga oilasi bilan borayotgan o‘zbeklar ko‘pligini iddao qilgan o‘zbek jangarisi - andijonlik Abu Usmon
Suriyaga oilasi bilan borayotgan o‘zbeklar ko‘pligini iddao qilgan o‘zbek jangarisi - andijonlik Abu Usmon

RIA Novosti axborot agentligining xabar berishicha, Marg‘ilon shahar sudi Farg‘ona viloyat Xorijga chiqish, kirish va qayddan o‘tish boshqarmasining boshlig‘i Odiljon Solievni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Sud vakilining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, podpolkovnik Odiljon Soliev xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish paytida pora olganlikda aybdor deb topilgan.

"Soliev pasport stollari hamda chiqish va kirish bo‘yicha rayon bo‘linmalari boshliqlarining korruptsion faoliyatiga, xususan keyinchalik Suriyada terrorchi to‘dalar va tashkilotlarga qo‘shilgan O‘zbekistonning ba’zi vatandoshlariga chiqish vizalarini rasmiylashtirish paytida pora olishga homiylik qilgan ", - deb aytgan agentlik bilan suhbatlashgan sud mulozimi.

U bergan ma’lumotga ko‘ra, sudlanuvchi bunday hujjatlarni tayyorlagani uchun har oy 200dan 2 ming dollargacha pora olib turgan.

Sud vakilining ma’lum qilishicha, hozirda Farg‘ona viloyatidagi olti tuman hamda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari pasport stollari boshliqlari ustidan pora olish ayblovi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari sudga topshirilgan.

RIA Novosti xabarida "Marg‘ilon yashovchisi Abdujabbor Toshboltaev, Turkiyada turib, o‘z vatandoshlarini Suriyaga yuborish bilan faol shug‘ullangan"i alohida ta’kidlangan.

"Jumladan, Abdujabbor Toshboltaev o‘z oilasining 20 nafar a’zosini O‘zbekistondan chiqib ketishini tashkillashtirgan," deyiladi agentlik xabarida.

O‘tgan yil 12 noyabrda Ozodlik Marg‘ilon shahridagi "Galatoy" mahallasida istiqomat qiluvchi Toshboltaevlar oilasidan 4 farzand - 3 o‘g‘il va bir qiz oilasini olib, Suriyaga ketgach, mahalla ahli oilani ko‘chirib yuborish harakatiga tushgani haqida xabar tarqatgandi.

O‘tgan yil 18 oktyabrda esa Ozodlik Farg‘ona viloyati prokuraturasi Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi 18 kishining Suriyaga ketganini aniqlagani haqida xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG