Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

Mahalla raislari saylovi natijasi e’lon qilindi


O‘zbekistonda 10 mingga yaqin mahalla raisi, 100 mingdan ortiq maslahatchi saylandi. Raislarning 50 foizdan ortig‘i ilk bor saylandi, ya’ni yillar davomida oqsoqollik postidan tushmaganlarning yarmi qayta saylanmadi. Ammo mahalla faollari, go‘yoki, xalq tanlagan yangi raislar tizgini hanuz ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi raisi bo‘lib qolayotgan tuman hokimi qo‘lida ekanini ta’kidlamoqda.

Rasmiy xabar

O‘zbekistonda Oliy Majlisida may-iyun oylarida o‘tgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi va maslahatchilari saylovi natijasi e’lon qilindi. Saylov jarayonida 9 ming 764 ta mahalla raisi, 105 mingdan ortiq mahalla raisi maslahatchisi saylandi.

Bu gal mahalla ahliga raislikka nomzodning yoshi 57dan katta bo‘lmasligi, oliy ma’lumotli bo‘lishi va imkon qadar ayol nomzodlarni ko‘rsatmaslik tavsiya qilingan edi. Gazeta.uz sayti tarqatgan rasmiy xabar mazmuniga ko‘ra, tavsiyaga amal qilingan.

Oliy Majlis Senatida kengaytirilgan majlisida taqdim qilingan natijalarga ko‘ra, saylangan oqsoqollarning 73 foizdan oshig‘i oliy ma’lumotli, 82 foizi davlat idoralari, nodavlat tashkilotlarda ishlagan, 67 foizi birinchi bor saylangan. Qayrib 10 ming mahalla raisidan 865 nafari, ya’ni 8 foizdan oshig‘i ayol kishidir.

Mahalla raislari maslahatchilari orasida esa 51 foizi oliy ma’lumotli, 53 foizi birinchi bor saylanganlardir. Ammo, maslahatchilar orasida ayollar soni nisbatan ko‘proq - 25 foizdir.

Istalgan oqsoqol

Mahalla raisligiga saylovlar jarayonida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bu galgi saylov nisbatan adolatli o‘tayotgani, aksar mahallalarda xalq o‘zi istagan oqsoqollarning saylanishiga erishgani haqida xabarlar keldi.

Toshkentning Olmazor tumanidagi mahalla faollaridan biri 10 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda buni ta’kidladi:

- Shu o‘zimizning mahallada tug‘ilib-o‘sgan, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan bir oqsoqolni sayladik. Hokimiyat tomonidan qarshiliklar bo‘ldi, lekin uning nomzodini ham o‘tkazdik va saylanishiga ham erishdik, - dedi ismini oshkor qilmayotganimiz faol.

Uning aytishicha, aholisi talabchan bo‘lgan aksar mahallalar o‘z istagini amalga oshirgan va bu gal na hokimiyat, na prokuratura ularga jiddiy qarshilik qilolgan:

- Nazarimda, yuqoridan shunaqa ko‘rsatma bo‘lgan, shekilli. Avvallari prokuraturadan kelib aralashishardi, bu yil unaqa bosim bo‘lmadi, - deydi faol.

Hokim nazorati

Saylov nisbatan adolatli o‘tgan bo‘lsa-da, ammo so‘nggi ikki yil ichida mahalla instituti ustidan hokimiyat boshqaruvi juda kuchaygani e’tirof etilmoqda.

Ya’ni, har bir tumanda tuzilgan "Mahalla oqsoqollari faoliyatini muvofiqlashtirish kengash"lari raisi tuman hokimi bo‘lib qolmoqda va hokim har bitta oqsoqoldan qariyb kundalik ravishda hisobot talab qilmoqda:

- Har kuni kamida bitta, ikkitadan majlis. Shaxsan hokim o‘tkazadi. Kundalik ravishda topshiriq beradi va kechga hisobot so‘raydi. Topshiriqni bajarish shart. Demoqchi bo‘lganim, biz saylagan yaxshi oqsoqollar ham hokimning talabini so‘zsiz bajarishga majbur bo‘ladi. Keyingi ikki yil ichida shu sistema kuchaydi. Ya’ni, shu erda fuqarolarning o‘zi-o‘zini boshqarish instituti, degan narsa tugadi, - deydi ismini oshkor qilmayotganimiz olmazorlik mahalla faoli.

Quyida bu faol bilan qurilgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Маҳалла фаоли: Оқсоқолни эркин сайладик, аммо тизгин ҳануз ҳокимият қўлида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:39 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG