Линклар

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi Taxiatosh shahrida yashovchi 58 yashar Klara Otajonova 1986 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Berdimurod Xo‘janiyozovga Toshkent shahar Shayxontohur taman ichki ishlar bo‘limi 400 ming so‘m jarima solganidan arz qildi.

Klara Otajonovaning aytishicha, o‘g‘li Berdimurod shu yilning 11 mayida Toshkentga ish izlab borib, 28 mayda uyiga qaytib kelgan.

Yaqinda esa, Toshkentdan Taxiatoshga Berdimurodning nomiga jarima qog‘ozi yetib kelgan.

Aftidan, taxiatoshlik Berdimurod Xo‘janiyozov shu yil 1 aprelidan boshlab joriy etilgan qoida qurboni bo‘lganga o‘xshaydi.

O‘sha qoida bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi qarindoshinikiga 5 kundan ziyod vaqtga mehmonga kelgan viloyatliklar militsiya bo‘limlarida hisobga turishlari shart qilib qo‘yilgan edi. Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga ko‘ra, Toshkentdagi sanatoriylarga dam olish uchun kelganlar ham militsiya hisobida turishlari majburiy qilib belgilangan. Bu tartibni buzganlar jarimaga tortilishi va Toshkentdan majburan chiqarib yuborilishi belgilab qo‘yilgan.

Inson huquqlari himoyasi fikricha, Konstitutsiyaga zid bu qoida yaqinda biroz yumshatilganday bo‘ldi. Yangi tartibga ko‘ra, pasport bo‘limiga hujjat topshirgan shaxslardan uni propiska qilish haqida ish joyidan iltimosnoma talab qilinmaydi.

XS
SM
MD
LG