Линклар

“Sudda yuzlab jurnalist, AQSh, Britaniya, Shveytsariya, Germaniya, Fransiya kabi g‘arb davlatlari diplomatlari, Yevropa Ittifoqi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissarligi vakillari, xalqaro va mahalliy huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda”, deb xabar qildi Ozodlik muxbirlari 11 iyul kuni Bishkekdan.

Gap qirg‘izistonlik inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov ustidan Qirg‘iziston Oliy Sudida boshlangan sud jarayoni ustida borayapti va sud majlisida hozir bo‘lgan diplomatlar orasida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi vakillari ham bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Oliy sud Asqarov ishi yuzasidan yangi paydo bo‘lgan tafsilotlardan kelib chiqqan holda, uning ishini 11 iyulda qayta ko‘rib chiqishni boshladi.

OzodNazarning bugungi mehmoni, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga kunning boshqa savollari qatorida sarlavhaga chiqarilgan savolni ham berdik.

Eshittirishga bugun faqat va faqat Rabbimovni taklif qilishimiz mumkin edi. Nega? Bu savol javobi suhbatda...

XS
SM
MD
LG