Линклар

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidan Ozodlikka bog‘langan tinglovchi so‘nggi paytlarda aholini aldab, pulini olayotgan elektr nazoratchilari paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Uning da’vo qilishicha, nazoratchilar uyma-uy yurib, elektr energiyasidan qarz bo‘lib qolgan xonadonlarni "xufya kelishuv"ga undamoqda va aholi qo‘lidan naqd pulni yig‘ib olmoqda.

OzodMikrofon eshittirishiga ismini oshkor etmaslik sharti bilan ma’lumot bergan tinglovchiga ko‘ra, har ikki oyda almashayotgan nazoratchilar aholini ochiq-oydin aldayotir:

- Uyga keladi-da: "Sizni shuncha qarzingiz bor ekan, hozir to‘lamasangiz, ishingizni sudga oshiramiz!" deb qo‘rqityapti. Endi xalqda uncha pul yo‘q. Nima qilaylik, deb so‘rasa: "Bo‘pti, unda men qarzingizni pasaytirib beraman hozir, siz shuncha naqd pul berasiz!" deyapti. Odamlar pulni beryapti, ular qarzdorlikni yopayapti. Lekin, oradan 5-6 oy o‘tib, Elektrosetdan falon million qarz haqida qog‘oz kelyapti. "Falon nazoratchiga to‘laganman-ku?!" desangiz, u nazoratchi yo‘q, o‘rnida yana yangisi. Ikki-uch yildan beri shu ahvol. Nima qilish kerak, - deydi tinglovchi.

Quyida tinglovchi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG