Линклар

Keyingi 10-15 yil ichida Chechenistonda tug‘ilish darajasi o‘ta yuqori, o‘lish darajasi esa ancha past bo‘ldi. Natijada Checheniston Rossiyaning aholi soni eng tez o‘sib borayotgan hududlaridan biriga aylandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Checheniston aholisi 2008 yilning 1 yanvarida 1 million 205 ming kishini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2010 yilning oktyabriga kelib 1.269 millionga, 2015 yilning noyabrida esa 1.391 millionga yetgan.

Checheniston aholisining kamida yarmining yoshi hali 30 ga to‘lgani yo‘q.

Ayni damda Chechenistonda tug‘ilgan bolalar soni 2004 yili 25800 nafar bo‘lgan. 2009 yilga kelib bu ko‘rsatkich 36532 ga yetgan. Ammo keyingi yillarda tug‘ilganlar soni ozaygan: 2012 yil 34770, 2015 yil esa 29498 chaqaloq tug‘ilgan. 2016 yilning ilk olti oyi davomida esa tug‘ilish darajasi 6,9 foizga qisqargan. Bu Rossiya bo‘yicha eng yirik qisqarishdir.

Bolalar o‘limi darajasi ham tushgan. Bu ko‘rsatkich 2012 yilda har 1000 tug‘ilishga 24,9 holatni tashkil etgani holda 2011 yilga kelib 11,8 holatgacha pasaygan. Ammo bu qisqarish tug‘ilishlar sonidagi o‘zgarishdan ancha ozdir.

Tug‘ilish darajasining pastlashiga bir necha omil ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

2000 yillar oxirida oila qurganlar, ya’ni 2004-2009 yillardadagi o‘sishga turtki bo‘lgan oilalarda hozir ikki yoki uch farzand bo‘lib, ular moddiy sabablarga ko‘ra yoki Chechenistondagi hozirgi vaziyat tufayli boshqa farzand qilmaslikka qaror qilgan bo‘lishlari mumkin. Chechenistonning qattiqqo‘l prezidenti Ramzan Qodirov mamlakatda qo‘rquv muhitini yuzaga keltirgan.

Tug‘ilish darajasi 2009 yil eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani hayratlanarli emas. Chunki 2007 yil Ramzan Qodirov mamlakat prezidenti etib tayinlangan va unga chechen jamiyatini islomiy hamda qattiqqo‘l mafkuraga tayanib o‘zgartirishiga erk berilgan.

Qodirov hamda uning atrofidagilardan hayiqqan minglab chechenistonlik Rossiyani tark etdi. Inson huquqlari faoli Svetlana Gannushkina 2013 yil butun boshli ko‘cha turg‘unlari uylarini sotib, avtobusda g‘arb tomon yo‘l olayotganini aytgan edi. Tark etayotganlarning oz qismi rasmiylarga bu haqda xabar beradi. Shu sabab rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan hamda aslida mamlakatda yashayotganlar soni o‘rtasida yirik tafovut yuzaga kelgan.

2013 yil olmon matbuoti 10 mingga yaqin chechenistonlik Germaniyada boshpana izlagani haqida yozdi. Checheniston hukumati esa buni rad etdi.

Germaniya ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-may oylarida 2244 nafar chechenistonlik Germaniyadan siyosiy boshpana so‘ragan.

XS
SM
MD
LG