Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:38

BahsOnline: O‘zbekistonning tarixiy bayrog‘ini qaytarish kerakmi?


O‘zbekistonning mavjud va tarixiy - Amir Temur, G‘aznaviy va Turkiston bayroqlari.
O‘zbekistonning mavjud va tarixiy - Amir Temur, G‘aznaviy va Turkiston bayroqlari.

BahsOnlinening navbatdagi sonida O‘zbekistonning tarixiy bayrog‘ini qaytarish kerakmi, degan savol javobini muhokama qilamiz.

Bundan 25 yil oldin O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan so‘ng¸ yangi davlat ramzlarini (bayroq, gimn va gerb) qabul qilish masalasi ko‘rilgan edi.

O‘sha paytda mustaqil bo‘lgan Boltiqbo‘yi¸ Ukraina¸ Gruziya va Armaniston kabi davlatlar o‘z tarixiy bayroqlarini ko‘tarishdi. Rossiya ham 1720 yilgi tarixiy bayrog‘ini qayta tikladi.

1991 yilda O‘zbekiston Oliy Kengashida mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilgan kommunist deputatlar o‘shangacha amalda bo‘lgan O‘zbekiston SSR davlat ramzlaridan “SSSRga tegishli” ayrim yozuvlarnigina o‘chirib, yangi mustaqil davlat ramzlari sifatida tezroq qabul qilib qo‘yish taklifi bilan chiqishdi.

Pirovardida ikki yarim ming yillik tarixga ega bo‘lgan hududga voris bo‘lgan O‘zbekiston respublikasida yangi bayroq ta’sis qilindi.

Parlamentdagi ozchilikni tashkil qilgan, demokratik qarashdagi bir guruh deputatlar esa O‘zbekiston tarixidagi mavjud ramzlarni qayta tiklash talabi bilan chiqishgan edi.

Oradan 25 yil o‘tib ham qadimiy ramzlarni qaytarish borasida bahslar to‘xtagani yo‘q.

Mustaqillik bayrami arafasida bu mavzuni BahsOnline dasturida muhokama qilamiz.

O‘zbekistonning tarixiy bayrog‘ini qaytarish kerakmi?

Agar bu boradagi bahslarga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, har payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, babajanovs@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida

1991-yilning 17-18 noyabri kunlari O‘zbekiston Oliy Kengashi oq¸ ko‘k va yashil rangli 12 yulduzli bayroqni qabul qildi.

Bu bayroq O‘zbekistonlik rassom Anvar Mamajonov tarafidan yasalgan va tarixda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi bayroq edi.

Bundan 25 yil burun Oliy kengash deputatlari e’tiboriga havola qilingan bayroqlardan faqat bittasi tarixiy bayroq edi.

Bu bayroq 1921 yili Buxoroda jadid Ahmad Zakiy Validiy tomonidan tuzilgan “Erk” partiyasining bayrog‘i bo‘lgan.

1921-yilning yozida bir guruh mahalliy vatanparvarlar Ahmad Zakiy Validiy boshchiligida Buxoroda “Turkiston Milliy Birligi ” degan yarim yashirin tashkilot va uning qoshida esa “Erk” siyosiy partiyasini tuzgan edilar.“Turkiston Milliy Birligi”ning yagona maqsadi o‘shanda- “Mustaqil Turkiston davlati”ni qurish bo‘lgan.

Bu bayroq haqida yozgan sobiq deputat Nasrullo Said nazarida ushbu ramz ishg‘olchilarga qarshi kurash ramzi bo‘lgan:

“Bolsheviklarga qarshi keyingi barcha isyonlar aynan shu bayroq ostida amalga oshirilgan deb qarash mumkin. Turkiston hududlari bo‘ylab keyinchalik keng tarqalib ketgan va tarixda “bosmachilik harakati” deb rus bosqinchilari tomonidan nomlangan turkistonliklarning keyingi barcha milliy ozodlik kurashlari ham aynan simvolik ma’noda ushbu bayroq bilan uzviy bog‘liqdir.

Shuni unutmaslik kerakki, xalqaro siyosiy minbarlarda ushbu bayroq hozir ham eslanadi. Bu bayroq eslanganda u bilan birga Turkistonning milliy ozodligi uchun o‘z yo‘lida, o‘z usulida, o‘zi bilgancha kurashgan – Anvar poshsho, Ibrohim bek, Madamin bek, Shermuhammad bek, Junayidxon, Ahmad bek, Usmon Xo‘jaev, Xon Murod, Muhiddin bek, O‘tan bek kabi o‘nlab mard yurtdoshlarimizning nomlari ham doim eslanadi “ deya ta’kidlagan edi.

Turkolog olim Uolter Trembitsskiyga ko‘ra, ushbu bayroqdagi uch rang (oq, qizil va qirmizi) tarixda nom qozongan uch turk imperiyasi bayroqlari rangidan olingan. Bayroqda almashib keladigan 9 yo‘lak tasma rang bo‘lib, 5 ta qizil va 4 ta oq ranglar ketma-ket almashadi. Bayroqning old o‘rtasida qirmizi rangda to‘rtburchak bo‘lib unda oq oy va oq besh yulduz joylashtirilgan. Bayroqning chor taraf chekkasi turkiylik ramzi- ko‘k hoshiya bilan tugallangan. Bayroqdagi 9 yo‘l Turkiston tarixidagi o‘tgan har turli xoqonlik, amirlik va xonliklarni anglatish bilan birga, Turkiston tuproqlarida yashagan o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, uyg‘urlarga ishorat qilishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG