Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:51

Shovotlik ayol Sankt-Peterburgda bedarak yo‘qolgan erini izlamoqda


Zafar Jumaboevning oilasi uning Rossiyadan yuborgan so‘nggi suratlaridan birini Ozodlikda chop qilishni so‘radi.
Zafar Jumaboevning oilasi uning Rossiyadan yuborgan so‘nggi suratlaridan birini Ozodlikda chop qilishni so‘radi.

Ozodlikning “Erkin mikrofoni”ga so‘nggi umid sifatida murojaat qilgan ikki farzandning onasi Orzigul Jumaboeva Xorazm viloyati Shovot tumani Madaniyat mahallasida yashaydi. Ikkinchi guruh nogironi va ishsiz bo‘lgan Orzigul o‘tgan yil iyunida Rossiyaga ishga ketgan eri Zafar Jumaboevning o‘lik-tirigini topolmay halak ekanini aytadi.

39 yashar Orzigul 2011 yildan beri Rossiyaning turli mintaqasidagi qurilishlarda ishlab yurgan eri Zafar bilan so‘nggi marta joriy yilning 9 may kuni telefon orqali gaplashgan:

- O‘sha kuni erim o‘zini ishlatib¸ uch oydan beri oyligini bermayotgan shovotlik Murod Xudoyorov degan odamdan oylik talab qilishi va pul qo‘liga tegishi bilan¸ uyiga qaytishini aytdi. Ular turgan joyda pojar chiqib¸ pasporti yonib ketgani uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi edi. Shundan beri ikki telefoni ham o‘chgan. Muroddan so‘rasam¸ tayinli gap aytmaydi. Ering krasovka o‘g‘irlab¸ qamaldi¸ deydi. Lekin qaerda¸ qaysi qamoqda yotganini aytmaydi. Bir narsani bekitayapti mendan. O‘ldirib yuborganga o‘xshaydi¸ deydi Orzigul.

Erining taqdiriga oydinlik kiritishga yordam berishni so‘rab¸ Shovot tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limiga qilgan murojaatlari¸ Orzigulning aytishicha¸ haqorat va tahdiddan boshqa narsa bermagan:

- Prokuratura nachalnik shug‘ullanayapti deb¸ militsiyaga jo‘natdi. Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i¸ meni haqorat qilib¸ sal qoldi¸ bo‘g‘ib urishiga. “Eringni san ishga yuborgansan¸ sani qamayman” deb rosa baqirdi. Muroddan so‘ranglar¸ aytsin qaerdaligini desam¸ uning otini ham tutmaydi bular. Murod menga¸ “orqam kuchli¸ qo‘lingdan hech narsa kelmaydi”¸ dedi. Shunaqaga o‘xshaydi. Hech kim erimni qidirishga bosh qo‘shmayotir¸ deydi Orzigul.

Orzigul Murod Xudoyorov deb taqdim qilgan shaxsning asosan shovotliklarni Rossiyaga ishga olib ketib¸ ularni ishlatib¸ pulini o‘zi olishi¸ bu pullarning bir uchini Shovotda yashovchi xotini orqali mardikorlarning xotinlariga berishini iddao qildi.

Orzigul Jumaboeva bilan suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin:

Орзигул Жумабоева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:44 0:00
Бевосита линк

Ayolning bu iddaolari¸ asosiysi¸ Zafar Jumaboevning taqdiriga oydinlik kiritish maqsadida Ozodlik Xudoyorov bilan ham bog‘landi.

Ammo o‘zining Murod Xudoyorov ekanini tasdiqlagan shaxs¸ bu savollarga javob berishni istamadi.

Murod Xudoyorovning Orzigul iddaosiga javobi:

Мурод Худоëров жавоби
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:20 0:00
Бевосита линк

Ozodlik O‘zbekiston vatandoshi Zafar Xudoyorovning Rossiyadagi taqdiriga oydinlik kiritishni mamlakat tegishli idoralariga qoldiradi¸ ayni paytda¸ bu shaxsni tanigan-bilganlardan o‘zidagi ma’lumotlarni Ozodlikka bildirishni so‘raydi.

XS
SM
MD
LG