Линклар

OzodMikrofonga bog‘langan abiturientlardan biri Toshkent Davlat agrar universitetining Qabul komissiyasi hujjat topshirayotgan yoshlarni 7 ming so‘mlik hujjatjildni sotib olishga majburlayapti, deb shikoyat qildi.

Ismini sir saqlayotgan abiturientga ko‘ra, kantselyariya tovarlari sotiladigan do‘kon va bozorlarda 1 mingdan 2 yarim ming so‘mgacha bo‘lgan hujjatjild universitet hududida 7 ming so‘mdan sotilmoqda va qabul hay’atlari boshqa jildlarni qabul qilmayotir:

- Men bir yarim so‘mga oldim ko‘chadan, bitta konvert ham oldim. Kelsam, yo‘q bizning papkani olasan, deb majburlashdi. U papkaning ustiga "Toshkent davlat agrar universiteti" deb yozib qo‘ygan. "Manlizi, telefon raqami" degan yozuvlari ham bor. Ichida konverti bor. Shu 7 ming so‘mdan pullanayapti. Bitta fakultetga 1 yarimtadan abiturient topshirsa, tasavvur qiling, necha so‘m bo‘ladi. 7 ming katta pul emas, lekin shuni olishga majburlashgani to‘g‘ri emas-ku?! - deydi abiturient.

Abiturient bilan suhbatni qo‘yida tinglashingiz mumkin:

Quyida esa Toshkent davlat agrar universitetidan yo‘llangan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG