Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:52

BMT Shahrisabzni tahdid ostida qolgan tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritdi


Shahrisabzning Eski shahar qismida yangi va zamonaviy binolarning qurilishi¸ BMT mutaxassislari xavotiriga ko‘ra¸ qadim shaharning tarixiy qiëfasini butunlay o‘zgartirib yubormoqda.
Shahrisabzning Eski shahar qismida yangi va zamonaviy binolarning qurilishi¸ BMT mutaxassislari xavotiriga ko‘ra¸ qadim shaharning tarixiy qiëfasini butunlay o‘zgartirib yubormoqda.

BMT qoshidagi Jahon merosi qo‘mitasi O‘zbekistondagi Shahrisabz shahrini yo‘qolish tahdidi ostida qolgan tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritdi. Shaharda sayyohlar uchun infratuzilma barpo etish iddaosi bilan qilinayotgan ishlar nomaqbul deb topildi. Ma’lum bo‘lishicha, bosh vazir Mirziyoev qarori bilan Shahrisabzda boshlangan qurilish va ta’mirlash ishlari YuNESKO bilan kelishilmagan holda amalga oshirilgan.

Shahrisabz xavf ostida

Jahon merosi qo‘mitasining Istanbulda o‘tayotgan 40-sessiyasida Shahrisabz shahrini har xil qurilishlarning haddan tashqari ko‘payib ketgani bois xavf ostidagi tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.

Qo‘mitaning 13 iyul kungi yig‘inida 2000 yillik tarixga ega Shahrisabzning temuriylar davrida qurilgan Eski shahar qismida sayëhlar uchun infratuzilma barpo etish iddaosi bilan bu yerdagi tarixiy obidalarni buzish jarayoni yuzasidan jiddiy xavotir bildirildi.

“Shahrisabz markazida zamonaviy bino va mehmonxonalar qurish shaharning qadimiy qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuboradi”¸ deyiladi qo‘mita rasmiy baënotida jumladan.

Jahon merosi qo‘mitasi YuNESKOdan Shahrisabzdagi tarixiy obidalarga yetkizilgan zarar ko‘lamini baholash va tuzatish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni tavsiya qilish maqsadida O‘zbekistonga maxsus ekspertlar guruhini yuborishni so‘radi.

“Bunday qarorni kutmagandik”

O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Istanbuldagi yig‘inda Shahrisabz mavzusi ko‘tarilishidan xabardor bo‘lishgan:

“Lekin YuNESKOning Shahrisabz bo‘yicha bunday qaror berishini umuman kutmagandik. Yig‘inda ishtirok etayotgan vakillarimizga sessiyada juda qisqa vaqt ajratishdi. Ularda vaziyatni tushintirish imkoni kam bo‘ldi. Lekin bu hali qo‘mitaning yakuniy qarori emas. YuNESKOning maxsus komissiyasi keladi, vaziyatni o‘rganadi. Keyin komissiya o‘z tavsiyalarini beradi”, dedi boshqarma mulozimi.

Shahrisabzdagi qurilishlar YuNESKO roziligisiz boshlangan

Shahrisabzda keyingi ikki yil ichida bo‘layotgan qurilishlar O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning "Shahrisabz shahrida ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida amalga oshirilayapti.

2014 yilning 20 fevralida qabul qilingan mazkur qarorda Shahrisabzdagi tarixiy-me’moriy obidalar kompleksini ta’mirlash va shahar markazini qayta qurish nazarda tutilgan. Ushbu qarorni bajarish maqsadida shahardagi o‘nlab tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi va yodgorliklar atrofida zamonaviy infratuzilmalar barpo etildi.

2000 yildan ziyod tarixga ega Shahrisabz 2000 yilda YuNESKOning Jahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Shahrisabzdagi bu qurilishlar borasida YuNESKO bilan kelishilmagan:

“Shahrisabzda bo‘ladigan barcha qurilishlar va o‘zgarishlar albatta YuNESKO bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak. Albatta shahardagi qurilishlar genplanda ko‘rsatilgan. Bu tegishli tashkilotlar tomonidan muhokama qilindi. Lekin YuNESKO bu muhokamalarda qatnashmadi. Hozir endi qo‘mitaning bunday qarorga kelishiga ularga qurilish haqida oldindan xabar berilmagani sabab bo‘ldi shekilli”, dedi boshqarma mulozimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

YuNESKO Shahrisabzdagi qurilishlarni to‘xtatib qo‘ydi

Mulozimning aytishicha, joriy yil mart oyida YuNESKO Shahrisabzdagi qurilish va ta’mirlash jarayoni bilan tanishish uchun o‘z ekspertlarini jo‘natgan va shundan so‘ng qurilishlar to‘xtatilgan:

“Martda bir guruh ekspertlar kelishdi. O‘rganib, keyin tavsiyalarini berishdi. Shahrisabz bo‘yicha vaziyatni 40-sessiyada ko‘taramiz deyishdi. YuNESKO rasman murojaat qilgach, shahardagi qurilishlar 3 oy avval to‘xtatildi”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz mulozim.

Ko‘hna Shahrisabz

Qadim ipak yo‘li bo‘yida joylashgan Shahrisabz 14-15 asrlarda Kesh mintaqasining madaniy va siyosiy markazi bo‘lgan.

Ham diniy¸ ham dunyoviy obidalar majmuasi bois 2000 yilda Jahon merosi qo‘mitasi tomonidan dunyodagi tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabz Amir Temur davrida siësiy ahamiyatining eng yuksak davriga ko‘tarilgan edi.

Keyingi yillar davomida Bosh vazir Shavkat Mirziëev qarori asosida Shahrisabzning qadimiy markazida ham keng ko‘lamli qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda va qadimiy Eski shahar qismi ham zamonaviylashtirilmoqda.

Shahrisabz markazini qayta qurish jarayoni bilan bog‘liq Ozodlikka ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushgan. Aksar shikoyatlarda aholining buzilayotgan uylariga tovon puli to‘lanmayotgani, yer uchastkalarining vaqtida berilmayotgani yoki umuman berilmayotgani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG