Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:43

Amerikadagi o‘zbeklar Afrika suv muammosiga yechim topmoqchi


Mutaxassislarga ko‘ra¸ Afrikadagi 80 foizga yaqin kasallik aynan toza ichimlik suvi tanqisligi tufayli kelib chiqmoqda.
Mutaxassislarga ko‘ra¸ Afrikadagi 80 foizga yaqin kasallik aynan toza ichimlik suvi tanqisligi tufayli kelib chiqmoqda.

Chikagoda yashaydigan o‘zbeklar Afrikadagi qishloqlardan birining qashshoq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minladi.

"Chikago O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi" faollari tashabbusi bilan uyushtirilgan “Buloq” loyihasi doirasida 2016 yilning 27 may kuni Chad Respublikasida joylashgan Vassi qishlog‘ida artezian quduq qazildi.

Aynan shu loyihani amalga oshirish uchun BuildWaterWell.org sahifasida xayriya kampaniyasi o‘tkazilgan va 4500 dollar mablag‘ to‘plangan. Bu ma’lumotlarni kuni-kecha "Chikago O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi" Facebookdagi sahifasida e’lon qildi.

Chikago o‘zbeklari uyushmasi vakillaridan biri – 30 yashar kompyuter muhandisi Gulshanbek To‘xtaboev Ozodlik bilan suhbatda uyushma va uning loyihasiga to‘xtaldi:

- Chikagoda, nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning boshqa davlatlaridan ham kelgan o‘zbeklar bor. Bu yerdagi o‘zbeklar bilan yig‘ilib, yaxshi ishlar qilishga harakat qilamiz. 2016 yilning yanvarida “Buloq” loyihasini boshlagan edik. Chikago atrofidagi barcha vatandoshlar: hoh O‘zbekistondan bo‘lsin, hoh Qirg‘izistondan bo‘lsin o‘z hissasini qo‘shdi. Odamlarning yordami bilan shu loyihamiz amalga oshdi.

Chikago o‘zbeklari uyushmasi o‘zining Facebookdagi sahifasida e’lon qilingan videoda, Vassi qishlog‘ining 1700 kishilik aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun deyarli 45 metr chuqurlikda o‘rnatilgan nasos orqali suv tortib chiqarilgani aks etgan.

- Afrika qit’asining aksariyat hududlari cho‘ldan iborat, boshqa hududlarida ham tez-tez qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. Ammo ba’zi joylarda 45-70 metr chuqurlikda suv bo‘lar ekan. O‘sha suvni nasos orqali tortib chiqarish mumkin”, deydi Gulshanbek.

Америкадаги ўзбеклар Африканинг сув муаммосига ечим топмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:28 0:00

Suv muammosi nafaqat Afrika, baki O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoning ham asosiy muammolaridan biridir.

Jumladan, toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj mintaqada kundan kunga ortib bormoqda va bu masala so‘nggi paytlarda siyosiy maydonda ham faol muhokama qilinmoqda.

Gulshanbekning aytishicha, “Buloq” loyihasini Afrika qit’asida amalga oshirishdan oldin Markaziy Osiyodagi suv muammosi ham ko‘rib chiqilgan:

- Biz “Buloq” loyihamizni boshlaganimizda, “Nimaga O‘zbekiston turib, Afrikada qilinayapti bu loyiha” degan tortishuvlar ham bo‘lgan. Biz o‘z pozitsiyamizni qo‘ldan kelgancha himoya qilishga uringanmiz. Birinchidan, aynan Afrika qit’asida loyihamizni amalga oshirganimizning sababi - Afrikada qurg‘oqchilikdan inson umri juda qisqarib ketgan. Toza suv bo‘lmaganligi sababli kasalliklar juda keng tarqalgan. Bundan tashqari, u yerda o‘rtacha hayot uzunligi 35-40 yoshni tashkil etadi, xolos. O‘zbekistonda esa¸ Xudoga shukur¸ hammasi yaxshi, insonlarimiz sog‘lom”, deydi Gulshanbek.

BMT hisob-kitobicha¸ dunyo bo‘ylab 750 milliondan ortiq odam toza ichimlik suviga muhtoj. Ularning 37 foizi Afrikada yashaydi.

Mutaxassislarga ko‘ra¸ bu qit’adagi 80 foizga yaqin kasallik aynan toza ichimlik suvi tanqisligi tufayli kelib chiqmoqda.

Америкадаги ўзбеклар Африка сув муаммосига ечим топмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG