Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:07

Sud ijrochilari ustidan tekshiruv, qalbaki aviachipta, xususiy filmlardan norozi akter shikoyati


Termiz tumanida sud ijrochilari ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, Samarqandda qalbaki chipta sotgan aviachiptachi sudlanayapti,aktyor Hoshim Arslonov xususiy studiyalar suratga olayotgan filmlarni tanqid qildi.

Termiz tuman sud ijrochilari ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Surxondaryo viloyati Termiz tumani yashovchi S. Rahmonova foydasiga javobgardan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi fuqarolik sudining 2013 yil fevraldagi qarori hozirgacha to‘liq ijro etilmagan (“Adolat ko‘zgusi”, 14 iyul). Sud qaroriga ko‘ra, S. Rahmonova foydasiga qarzdorlardan 9,6 million so‘m va 2100 dollar undirilishi kerak edi. Fuqaroning gazetaga shikoyati ortidan sud qarorlari ijrosi bo‘yicha departament Termiz tuman sud ijrochilari ustidan xizmat tekshiruvi boshlagan.

Samarqandda xaridorga qalbaki aviachipta sotgan firma vakili mahkamaga tortildi

Samarqand shahrida fuqaroga qalbaki chipta sotgan aviachipta firmasi vakili mahkamaga tortildi (“Postda”, 9 iyul). Ismi oshkor etilmagan sotuvchi firma soliq idorasi tomonidan vaqtincha yopilganiga qaramay, Fransiyaga ketayotgan ayolga 15 million so‘mga 6 ta qalbaki chipta sotgan. Ayol Toshkent aeroportida chiptalarni ko‘rsatganida, ular kompyuterga kiritilmagan soxta ekani ma’lum bo‘lgan. Aviachipta firmasi vakili qora kursiga o‘tirgani aytilgani holda, unga berilgan jazo ochiqlanmagan.

Aktyor Hoshim Arslonov: Tomoshabin 10 yildan keyin maroq bilan ko‘radigan birorta xususiy film yo‘q

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov xususiy studiyalar pul topish maqsadida olayotgan filmlarni tanqid qildi. Aktyorning “Darakchi” nashriga intervyusida aytishicha, o‘n yildan keyin tomoshabin maroq bilan ko‘radigan xususiy filmning o‘zi yo‘q. Aktyor, shuningdek, kinoda havaskorlar rolь o‘ynab, o‘zi kabi professionallar rolsiz qolayotgani alam qilishini aytgan. “Prokurorni oldiga borib, “Havas qilaman-da, keling, shu jinoiy ishni men olib boray” desam, rozi bo‘ladimi? Nega san’atga havas bilan munosabatda bo‘lishlariga jim qarab turishimiz kerak? Kamina maoshga 40 yildan beri qanoat qilib, aktyor nomini olsam-u, nega bir havasmand pulini to‘lab, filmda rol ijro etishi mumkin? Bu holat ijodkorga alam qiladi”, degan aktyor H. Arslonov.

XS
SM
MD
LG