Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:02

Shayx Abdulaziz Mansur: Teraktlar Islom nomidan qilinayotganidan qattiq afsusdamiz!


Shayx Abdulaziz Mansur.
Shayx Abdulaziz Mansur.

Frans press agentligi tergovga yaqin o‘z manbasiga tayanib, olomon ustiga haydalgan yuk mashinasidan Nitssada yashagan 31 yashar asli tunislik shaxsga oid hujjatlar topilganini ma’lum qildi. Frantsiyaning Nitstsa shahrida 14 iyul oqshomida amalga oshirilgan huruj terror xuruji deb baholandi va uning qurbonlari soni 90 ga yaqinlashdi¸ 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Shunday qilib, Nitstsada amalga oshirilgan hujum so‘nggi ikki haftadan sal ko‘proq muddat ichida amalga oshirilgan uchinchi yirik terror aktidir.

Mana dastlabki ikki terakt:

3 iyul, Bag‘dod. Qurbonlar soni qariyb 300 nafarni tashkil qildi.

28 iyun, Istanbul, Otaturk aeroporti. Qurbonlar soni 40 dan ortdi.

- Bu va bulardan oldin amalga oshirilgan terror xurujlarining deyarli hammasini o‘zlarini musulmon, deb iddao qilayotganlar amalga oshirayaptiki, bundan biz qattiq afsusdamiz, degan fikrni bildirdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muovini, shayx Abdulaziz Mansur Ozodlik bilan suhbatda.

Шайх Абдулазиз Мансур Ислом номидан амалга оширилаётган терактлар ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG