Линклар

logo-print

Rossiyada ishlab chiqarilgan qurol-aslaha O‘zbekistonga ichki sotuv narxlarida beriladi. Ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi kelishuvga binoan, hozirda Toshkent sotib olinayotgan qurol-yarog‘ning miqdori va turlari bo‘yicha buyurtmaga hozirda aniqlik kiritmoqda.

O‘zbekiston Rossiyaning ichki qismi?

Toshkent va Moskva o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq¸ O‘zbekiston Rossiya qurollarini bu mamlakat ichkarisida o‘rnatilgan narxlar asosida sotib oladi.

REGNUM axborot agentligining O‘zbekiston Mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, hozirda Toshkentda buyurtma tafsilotlarini aniqlashtirish ishlari bormoqda.

"Qurol-yarog‘ning sotuv narxi Rossiya armiyasiga sotilayotgan narxlar asosida o‘rnatiladi. Respublikaga zarur bo‘lgan harbiy yaroq-aslahaning miqdori va turi bo‘yicha aniqlik kiritilmoqda", deyiladi agentlik xabarida.

Rossiyadan qurol sotib olish barobarida rasmiy Toshkent so‘nggi yillarda bu mamlakatda tahsil olayotgan o‘z harbiy ofitserlari sonini ham oshirmoqda. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina 2015 yilning o‘zida Rossiya Federatsiyasida 3000 dan ziyod o‘zbek ofitseri malaka oshirib qaytgan.

Vladimir Putinning 2014 yil 10 dekabrida Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. Unda Rossiya harbiy sanoati mahsulotlarini O‘zbekistonga qisman kreditlash asosida etkazish ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kelishuvda kelasi 5 yil ichida Rossiya harbiylarining O‘zbekiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va qayta uskunalalashdagi rolini oshirish ham alohida qayd etilgan.

AQSh Afg‘onistondan chiqarilgan “Hummer”larini O‘zbekistonga bergan edi

AQSh Afg‘onistondan chiqarilgan “Hummer”larini O‘zbekistonga bergan edi

Ayni paytda O‘zbekistonning AQSh va NATOga a’zo bo‘lgan davlatlardan noharbiy aslaha sotib olishni ham faollashtirayotgani aytilmoqda.

Strategic Defense Intelligence konsalting shirkati oldinroq e’lon qilgan hisobotda 2020 yilga borib O‘zbekiston Respublikasining harbiy sarf-xarajatlari 9,5 foizga oshishi va yiliga 3,4 millard dollarga etishi aytilgan edi. Hisobotga ko‘ra¸ 2010-2014 yillar davomida O‘zbekiston hukumati harbiy-sanoat kompleksiga bo‘lgan xarajatlarni qariyb 12 foizga oshirib, uni 2,4 milliard dollarga yetkazgan.

Ayni paytda, qo‘shni Qozog‘iston ham Rossiya bilan harbiy sohada hamkorligini kengaytirmoqda. Yaqinda Nazarboev hukumati 600 million dollarga Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy-jangavor vertolyot sotib olish bo‘yicha Moskva bilan kelishuvga erishdi.

Toshkentga buncha qurol-yarog‘ nimaga kerak?

2016 yil aprelь oyida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari harbiy mahsulotlarning uchinchi davlatlarga eksporti to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi.

Ayrim harbiy mutaxassislar¸ bu kelishuv ortida Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan chegaralari xavfsizligini ta’minlash maqsadi ëtganini taxmin qilgan edi.

Ammo Moskvadagi Bolqon¸ Kavkaz va Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi direktori Artyom Ulunyan Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondagi harbiy islohotlarni Afg‘onistondagi murakkab siyosiy vaziyat bilangina bog‘lash mumkin emasligini aytadi:

Tahlilchi Artyom Ulunyan

Tahlilchi Artyom Ulunyan

- Gap shundaki¸ 90-yillar o‘rtalari va 2000 yillar boshlarida O‘zbekiston qurolli kuchlarida jiddiy islohotlar boshlandi. Islohotlar ham harbiy boshqaruv, ham kadrlar masalasini qamrab oldi. Amalda o‘zbek qurolli kuchlari yangidan shakllantirildi. Turkiston Harbiy okrugidan meros qolgan qurol-aslaha ma’nan va jismonan eskirib bo‘lgandi. Hozirgi kunda O‘zbekiston tomonidan sotib olinayotgan bu qurol, eng avvalo, biroz bo‘lsa-da mavjud rejim talablariga moslashtirilmoqda, deb o‘ylayman. O‘qotar qurollarning Markaziy Osiyoda eng yirik bo‘lgan armiyagagina emas, balki rejimni saqlab turgan Ichki ishlar qo‘shinlariga ham nimaga kerakligi hech kimga sir emas. Bu oldi-sotdilar¸ birinchi navbatda¸ mamlakat harbiy salohiyatini oshirishga va ichki kuchlarni zamonaviyroq qurol-aslaha bilan ta’minlashga qaratilgan, degan fikrdaman, dedi tahlilchi.

Suhbatdosh hozircha kelishuvlarning jamoatchilikka ma’lum tafsilotlaridan O‘zbekiston tomonidan sotib olinayotgan harbiy mahsulotlarning aynan qaysi turdagi qurol ekani noma’lumligicha qolayotganini ta’kidladi.

Artyom Ulunyan Rossiyadan olinayotgan jangovar qurol-yarog‘ning uchinchi mamlakat, xususan Afg‘onistonda toliblarga qarshi turgan general Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi qo‘shinlarga mo‘ljallanmaganiga ishonishini qo‘shimcha qiladi:

- So‘zsiz, Toshkent o‘rtakash sifatida xizmat qilib berishi mumkin, ammo Afg‘oniston shimoliga qurol yetkazib berish uchun Rossiyaga vositachi nimaga kerak? Qolaversa, general Do‘stumning oxirgi paytlari Chechenistonning Grozniysiga, Moskvaga tez-tez qatnab qolgani kuzatilmoqda... Bu masalada Rossiya sobiq Shimoliy alьyansga harbiy ko‘mak berib kelgani hech kim uchun katta sir emas. Shu sababli, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bu kelishuv mamlakat harbiy modernizatsiyasi bilan bog‘liq, degan xulosaga keldim, dedi harbiy tahlilchi Artyom Ulunyan.

Suhbatdosh 2012 yilda O‘zbekistonning KXShTga a’zlogini to‘xtatish qarori Rossiya bilan harbiy-siyosiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka deyarli ta’sir o‘tkazmaganini ham alohida urg‘ulab o‘tdi.

XS
SM
MD
LG