Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

Pokistonlik taniqli modelni "oila sharafini" qo‘rigan ukasi bo‘g‘ib o‘ldirdi


Qandil Baluch
Qandil Baluch

Pokistonda ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan model Qandil Baluch "oilasi sha’niga dog‘ tushirgani" uchun ukasi tomonidan o‘ldirildi. 16 iyul kuni hibsga olingan uka opasining qotili ekanini tan oldi va bundan afsuslanmasligini bildirdi. Biroz avval Qandil pokistonlik mufti bilan tushgan suratini tarqatib, ziddiyatli shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Pokiston politsiyasi ijtimoiy media yulduzi va model Qandil Baluchning ukasini o‘z opasini o‘ldirishda gumon qilib, hibsga oldi.

Qandilning ukasi Vazim
Qandilning ukasi Vazim

25 yashar Vazim Multan shahridan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Dera G‘azi Xan shaharchasida 16 iyulda hibsga olindi.

Matbuot bilan uchrashtirilgan Azim o‘z opasini «oilasi sharafini» himoya qilib o‘ldirganini tan oldi va qilmishidan pushaymon emasligini aytdi.

Pokistonda, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda tanilib ketgan 26 yashar Qandil Baluchning jasadi Multan shahridagi ota-onasining uyidan topildi. Politsiyaning aytishicha, Baluch uyqusida bo‘g‘ib o‘ldirilgan.

Qotillik tafsilotlarini so‘zlab bergan ukasi o‘ldirishdan oldin opasiga uxlatadigan xapdori bergani, uni qiynamaslik uchun uyqusida o‘ldirganini ham tan olgani xabar qilinmoqda.

26 yashar model biroz muqaddam ijtimoiy tarmoqda mufti Abdul Qaviy bilan birga tushgan surati, videosini e’lon qilgach, bir necha kun ichida misli ko‘rilmagan shov-shuv qahramoniga aylangan edi. Suratlar ortidan mufti Abdul Qaviy Pokiston Din ishlari vazirligi so‘rovi bilan "Ruhiyati Hilol" qo‘mitasi a’zoligidan chiqarilgan, uning Qandil bilan uchrashuvi mahalliy matbuotning sensatsion mavzuiga aylan edi.

Shundan so‘ng Qandil uni qoralovchilar ko‘paygani, unga o‘lim bilan tahdid qilishayotgani haqida facebook sahifasida bir necha xabarlar qoldirdi.

Qandil ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan biroz ochiq suratlari bilan tanilgan yoshgina modeldir. O‘z vaqtida Assosshieyted Press agentligi uni AQShda tanilgan model Kim Kardashianga qiyoslagan.

Uning facebook sahifasida 800 mingga yaqin, Twitter sahifasida 40 ming folloveri bor edi.

O‘limidan bir necha soat oldin Baluch tarmoqda: "Meni qancha yerga urishmasin... Men jangchiman va javob qaytaraman!" deya yozib qoldirgan edi.

XS
SM
MD
LG