Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:54

Mehnat muhojirlari Rossiyada "oq ishlar"da kamayib, "qora ishlar"da ko‘paymoqda


Moskvada mehnat muhojirlardan bo‘shayotgan ish o‘rinlarini egallayotgan rossiyaliklar ko‘paymoqda. Bu Moskvadagi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi o‘tkazgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot mualliflari, shuningdek, Rossiya poytaxtida ishlayotgan mehnat muhojirlarining aksariyati eng kam haq olayotganini aniqlagan.

Hisobotda aytilishicha, Moskvada savdo sohasida ish bilan taminlanganlik umumiy ko‘rsatgichi 10 foizga oshgan bir paytda, xorijiy ishchilar soni 54 foizga, fan va ta’lim tizimida 96 foizga, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida esa 13 foizga qisqargan.

Qurilish sohasida, aksincha, xorijiy ishchilar soni 167 foizga, mehmonxona va restoranlar sohasida esa 120 foizga ko‘paygan.

Rossiyaliklar kam haq to‘lanadigan ishlarga ko‘nikishadimi?

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi prorektori, iqtisod fanlari doktori Aleksandr Safonov “Ozodlik" radiosi bilan so‘hbatda Rossiyadagi iqtisodiy bo‘hron, xususan, rubl qurbining pasayishi mehnat muhojirlarining Rossiyani tark etishlarining asosiy sabablardan biri ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, endilikda moliyaviy bo‘hron rossiyaliklarni oldin nazarlari ilmagan, kam haq to‘lanadigan ishlarga ham undamoqda.

- Ish topishda tanlovning yo‘qligi bois, ko‘pchilik rossiyaliklar kam pul to‘lanadigan ishlarga ham ko‘nikishayotir. Qimmat ish kuchi arzon ish kuchi bilan almashtirilmoqda. Turli sohalarda maoshi baland ishchilar qisqartirilib, ular o‘rniga kamroq ish haqqiga rozi bo‘lgan ishlovchilar qabul qilinmoqda. Bunday sohalarga asosan mehnat muhojirlari qabul qilinadi, - deydi akademiya prorektori Aleksandr Safonov.

Markaziy osiyolik muhojirlarning qariyb 70 foizi qurilish va savdo sohalarida ishlashadi.

Mehnat va ijtimoiy akademiya tadqiqotida Moskva bo‘yicha xorijiylar ishlayotgan barcha sohalar hisobga olingani, biroq chet elliklarning qaysi davlat fuqarolari ekanliklariga aniqlik kiritilmagan.

Rossiya migratsiya idorasi hisob-kitoblari bo‘yicha, Moskvada 3,5 milliondan ortiq mehnat muhojiri istiqomat qiladi va ularning 25 foizi o‘zbekistonliklardir. Rossiya poytaxtida xorijiylar orasida son jihatdan o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda turadi.

Rossiya poytaxti rasmiylarining bildirishlaricha 2015 yili Moskva shahar byudjetiga muhojirlar patentidan tushgan daromad 8 milliard rublni ($125 mln) tashkil etkan.

Ruslar ko‘cha supurish, yuk tashishga tayyormi?

“Migratsiya - 21 asr“ tashkiloti eksperti Nataliya Vlasova Ozodlik bilan suhbatda rossiyaliklarning ketayotgan muhojirlar o‘rnini to‘ldirishlariga Moskvada hali yetarli sharoit yaratilmagan.

- 2009- 2010 yilgi iqtisodiy bo‘hron paytida ham rasmiylar xorijiylar ketishadi, ular o‘rinlarini rossiyaliklar olishadi, deb o‘ylashgandi. Lekin bunday bo‘lmadi. O‘shanda rossiyaliklar bo‘shab qolgan juda kam ish o‘rinlarni egallashdi. Hozirgi paytda faqat ish vakansiyalari kam uchraydigan va ish topolmagan rossiyaliklargina oldin muhojirlar bajargan ishlarga kirishayapti. Muhojirlar, asosan kam haq to‘lanadigan ishlarni qilishadi, aksariyat rossiyaliklar bunday maoshga rozi bo‘lishmaydi. Mamlakat boshqa mintaqalardan Moskvaga kelgan rossiyaliklar ham, muhojirlar mashg‘ul ishlarga borishmaydi, deydi Natalya Vlasova.

Tojikistonlik Furqatning aytishicha katta shirkat va korxonalardan farqli o‘laroq kichik shirkatlar markaziy osiyolik muhojirlarni ishga yollashni afzal ko‘rishadi.

- Ish beruvchilar ruslardan ko‘ra o‘zbek va tojiklarga ko‘proq ishonishadi va ularni ishga yollashga harakat qilishadi. Har xolda, men bilgan savdo va qurilish sohalarida ahvol shunday. Rossiya fuqarolarini ishga olishsa ular 8 soatdan ortiq ishlashmaydi. Ular dam olish kunlari ishga chiqishga ko‘nishmaydi. Bizni muhojirlar har qanday qiyinchilikka chidashadi, halol ishlashadi, aroqxo‘rlik qilishmaydi. O‘tgan qishda, men ishlagan sabzavot bazasida bir guruh o‘zbekistonlik va tojikistonliklarni ishdan bo‘shatib, ular o‘rniga ruslarni olishdi. Bir oy o‘tgandan so‘ng, baza egalari yana oldin ishlagan o‘zbek-tojiklarga patent to‘g‘rilab, ularni qayta ishga olishga majbur bo‘lishdi. Chunki rossiyaliklar kam ishlashadi, lekin ko‘p maosh talab qilishadi,- deydi Furqat.

Rossiya Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra 2016 yilning birinchi choragida jismoniy shaxslar Rossiyadan O‘zbekistonga 256 million dollar yuborgan. 2015 yil esa Rossiyadan O‘zbekistonga mehnat muhojirlari 2,37 milliard (2014 yil 5,653 mlrd) pul jo‘natgan.

2014 va 2015 yil bilan solishtirganda O‘zbekistonga yuborilgan pul jo‘natmalari qariyb 60 foizga kamaygan. Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha MDH davlatlari orasida O‘zbekiston peshqadam davlat sanaladi.

XS
SM
MD
LG