Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:08

Shohida Yoqub: Turk matbuoti Erdo‘g‘onning propaganda mashinasiga aylandi


Ozodlik muxbiri Shohida Yoqub
Ozodlik muxbiri Shohida Yoqub

Amalga oshmagan to‘ntarish ortidan favqulodda vaziyat joriy etilgan Istanbul shahridan turib vaziyatni yoritayotgan Ozodlik muxbiri Shohida Yoqubga ko‘ra, shaharga politsiya maxsus kuchlarining qo‘shimcha ikki ming xodimi tashlangan.

Shohida Yoqubning Turkiya rasmiylariga tayanib aytishicha, qariyb 6000 politsiya zobitining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

- Adliya va harbiy tizimdan 6000 ga yaqin shaxs, jumladan, Injirlik xarbiy bazasidagi oliy rutbali general ayni hodisalarga qo‘li borlik ayblovlari bilan hibs qilingan¸ deb xabar qildi Ozodlik muxbiri.

Dushanba kuni davlat nazoratidagi matbuotning xabar qilishicha, mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq general va admirallar qo‘lga olingan.

Shohida Yoqubga ko‘ra, amalga oshmagan to‘ntarish ortidan voqealarni xolis yoritishga uringan “Gazeteport”, “ABC Gazetesi “ kabi bir necha nashrlar faoliyatiga vaqtincha ta’qiqlandi:

- Turk matbuoti butunligicha Erdo‘g‘onning propaganda mashinasiga aylandi¸ hukumat ko‘z qarashidan farqli fikrlarga minbar qolmadi, deydi Shohida Yoqub.

Шоҳида Ëқуб: Турк матбуоти Эрдўғон пропагандисига айланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:37 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG