Линклар

logo-print

O‘zbeklarimiz Rossiya ma’murlari “chiqib ket” deyishi bilanoq, u yoq-bu yoqqa chopib, sarson bo‘lmasdan, 15 kunlab qamalib yotmasdan, o‘z huquqini himoya qilishi kerak. Bu gapni Rossiya Migratsiya xizmatining Saxa-Yoqutiston respublikasidagi idorasi va uning mulozimlariga qarshi kurashgan 40 yashar Abdulaziz Otanazarov Ozodlik muxbiri bilan suhbat davomida aytdi.

Saxa-Yoqutiston respublikasi poytaxti Yakutsk shahri yaqinidagi qishloqda yashayotgan Abdulaziz o‘zi va oilasi boshiga tushgan ko‘rgiliklarni bir chetdan aytib berdiki, uning hikoyasi Rossiyada ishlab yurgan millionlab millatdoshlariga ibrat bo‘lishi mumkin.

Demak,

I bob. Tanishuv va kutilmagan mehmon

Bu bobda Abdulaziz turmush o‘rtog‘i bilan o‘zlari yashayotgan qishloqdan Yakutskka ketgan paytda uyiga Migratsiya xizmati xodimi kelgani va udan uyda qolgan o‘g‘li qo‘rqib ketib, do‘xtir yordamiga muhtoj bo‘lib qolgani to‘g‘risida hikoya qiladi.

II bob. Putinga xat

Rossiya prezidenti Abdulazizning xatiga javob berdi. Lekin...

III bob. Ish chappasidan keta boshladi

Ha, ish chappasidan keta boshladi. Lekin Abdulaziz ham anoyilardan emas.

IV bob. Qissadan hissa

O‘zi va oilasi huquqlarini himoya qilish uchun idorama-idora, sudma-sud yurgan Abdulaziz nafaqat o‘zi, balki boshqa barcha mehnat muhojirlari uchun muhim bir xulosa keldi.

V bob. “Huquqingizni biling”

Abdulaziz Otanazarov hikoyasining so‘nggi bobida Ozodlikni tinglaydigan yuz minglab mehnat muhojiriga go‘yoki murojaat qiladi: huquqingiz nimalardan iborat ekanini, ularni himoya qilishni biling!

XS
SM
MD
LG